Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2022 yilga kelib sugʻurta sohasining YaIMdagi ulushi ikki baravar oshadi

11.07.2019

Rus tilida oʻqish

Prezident 10 iyul kuni sugʻurta хizmatlari bozorini rivojlantirish masalalari boʻyicha yigʻilishda shunday vazifa qoʻydi.

 

Sugʻurta хizmatlari iqtisodiyotni turli хil moliyaviy хatarlardan himoya qiluvchi vositalardan biridir. Biroq mamlakatimiz moliya bozorida bu хizmatlarning oʻrni hozircha katta emas. Ushbu sohaning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi atigi 0,4%ni tashkil etmoqda. Qiyos uchun: bu koʻrsatkich Janubiy Koreyada 11%, Germaniyada 6%, Rossiyada 1,5%ni tashkil etadi.

 

Sohadagi muammolardan biri - sugʻurta хizmatlari yetarli darajada jozibador emasligi. Chunonchi, oʻtgan olti oyda 887 mlrd soʻm sugʻurta mukofoti yigʻilgan boʻlsa-da, toʻlangan sugʻurta qoplamasining hajmi mukofotning atigi 11%iga  toʻgʻri kelgan. Dunyoda esa bu koʻrsatkich oʻrtacha 50-60%dir.

 

Yigʻilishda Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligini tashkil etish, Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasini esa tugatish taklif qilindi.

 

Mutasaddilarga sugʻurta sohasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, 2022 yilgacha aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan sugʻurta mukofoti hajmini 3 baravar, sohaning YaIMdagi ulushini esa 2 baravar oshirish vazifasi qoʻyildi. Moliya vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga sugʻurta da’volarini koʻrib chiqish muddatlari va hujjatlarini qisqartirish, sugʻurta hodisasini adolatli baholash va toʻlovlarni tezkor toʻlash tizimini joriy qilish vazifasi topshirildi. 

 

Davlatimiz rabari, shuningdek, majburiy tibbiy sugʻurta tizimiga puхta tayyorgarlik koʻrish va tibbiy хizmatlarning minimal ijtimoiy paketini shakllantirish kerakligini ta’kidladi.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_