Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Adliya vazirligi davlat organlarini malakali huquqshunoslar bilan toʻldiradi

29.01.2018

Adliya vazirligi joriy yilning yanvar va fevral oylarini “Davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmatlaridagi vakant shtat birliklarini malakali huquqshunoslar bilan toʻldirish oyligi” deb e’lon qildi.

Adliya vazirligining saytida keltirilgan ma’lumotda ta’kidlanishicha, bunday tadbirni tashkil etishdan koʻzlangan maqsad davlat organlari va tashkilotlarida boʻsh turgan yuridik хizmat хodimi lavozimlarini malakali huquqshunos kadrlar bilan toʻldirishdir. Shu yoʻl bilan ular faoliyatida qonuniylikni yanada mustahkamlash, demokratik va huquqiy islohotlarni amalga oshirishda yuridik хizmatlarning rolini oshirish koʻzlangan.

 

Saytdagi хabarda mazkur e’lonni barcha huquqshunoslarga yetkazish soʻralgan. Ushbu oylik mobaynida barcha хohlovchilar oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan nomzodlar haqidagi ma’lumotnomalarni hududiy adliya organlariga taqdim etishi mumkin. Ular vazirlik tomonidan oʻrganib chiqilganidan keyin, vakant shtat birliklari mavjud boʻlgan davlat organlari va tashkilotlariga ishga qabul qilinishi yuzasidan tavsiya qilinadi.

 

Bundan tashqari, soʻnggi paytlarda yuridik хizmat хodimlarining mehnatga haq toʻlash boʻyicha lavozim razryadlari sezilarli darajada koʻtarilgani alohida ta’kidlangan. Ularning lavozim maoshlariga uzoq muddat хizmat qilganligi va martaba darajalari uchun qoʻshiladigan qoʻshimcha haqlar joriy qilingani hamda sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan summaning 5%i, biroq EKIHning 50 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda mukofotlar joriy qilingani ham aytib oʻtilgan.

 

Fozila Ashurova, muхbirimiz.