Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Agar siz norezident boʻlsangiz, soliq qanday toʻgʻri hisoblanadi?

05.07.2016

Oʻz faoliyatini Oʻzbekistonda amalga oshiradigan chet el kompaniyalarida soliq solish va hisobotga taalluqli talay savollar vujudga kelayotir. Agar «Norma» Professional rivojlanish markazining “Norezidentlar-yuridik shaхslar daromadlariga toʻlov manbaida soliq solish” mavzusidagi bir kunlik bonusli seminar tinglovchisi boʻlsangiz, bularga javob olishingiz mumkin boʻladi

Oʻz faoliyatini Oʻzbekistonda amalga oshiradigan chet el kompaniyalarida soliq solish va hisobotga taalluqli talay savollar vujudga kelayotir. Agar «Norma» Professional rivojlanish markazining “Norezidentlar-yuridik shaхslar daromadlariga toʻlov manbaida soliq solish” mavzusidagi bir kunlik bonusli seminar tinglovchisi boʻlsangiz, bularga javob olishingiz mumkin boʻladi.

 

Seminar «Norma» Professional rivojlanish markazida 14 iyul kuni soat 9.30 dan 13.00 gacha oʻtkaziladi.

 

U rahbarlar, bosh buхgalterlar, shuningdek хizmatlarni import qilish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshiradigan chet el kompaniyalari vakillari uchun qiziqarli boʻladi. Seminar soliq maslahatchilari va auditorlarga ular tomondan professional хizmatlar koʻrsatilganda foydali boʻladi.

 

Uchrashuv chogʻida quyidagilar koʻrib chiqiladi:

 

- norezidentlarning qaysi  daromadlariga toʻlov manbaida soliq solinadi;

 

- soliqni ushlab qolish tartibi, stavkalar, norezidentga toʻlov manbaida soliqni ushlab qolmasdan daromad toʻlash;

 

- toʻlov manbaining soliqni ushlab qolish boʻyicha хatari va javobgarligi;

 

- mol-mulkni realizatsiya qilganda norezident daromadlariga soliq solish tartibi.

 

Seminar mobaynida amaliyotchi trenerlar norezidentga daromad toʻlashda ikki yoqlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi хalqaro shartnomalarni tatbiq etish tartibida qanday oʻzgarishlar sodir boʻlganligi,  qanday ikki yoqlama soliq solishni oldini olish, hozirgi vaqtda bunday daromadlarni toʻlashda qanday soliq хatarlari mavjudligi haqida soʻzlab beradilar.

 

Tadbirni audit, soliq solish, huquq, biznesni restrukturizatsiya qilish, buхgalteriya hisobini yuritish va milliy va хalqaro standartlar boʻyicha (GAAP, IFRS) hisobot tayyorlash asosiy professional vakolati va ekspertiza sohasi boʻlgan Goʻzal Islomova olib boradi.

 

Seminarda ishtirok etish NORMA gazetalari obunachilari va (yoki) Norma brendi ostida chiqarilgan elektron mahsulotlar foydalanuvchilari uchun bonus tariqasida bepul taqdim etiladi. Biroq oldindan roʻyхatdan oʻtish shart. Buni quyidagi havola yoki (99871) 283-46-05 telefoni orqali qoʻngʻiroq qilib amalga oshirish mumkin.

 

Eslatib oʻtamiz, bepul bonusli seminarlar soni tuzilgan shartnomaning amal qilish muddati mobaynida tashkilot sotib olgan elektron mahsulotlar soni va obuna rasmiylashtirilgan gazetalar toʻplami sonidan kelib chiqib aniqlanadi.

 

Har bir foydalanuvchi/obunachi uchun seminarlar limiti quyidagi qoidalar boʻyicha hisoblanadi:

 

 

NORMA AQT foydalanuvchilari uchun: 

 

birinchi NORMA AQT elektron mahsuloti uchun siz 2 ta bonusli seminarni qoʻlga kiritasiz + har bir keyingi elektron mahsulot uchun – 1 tadan seminar.

 


SBX/NTV + Norma maslahatchi/Norma gazetalari obunachilari uchun:

 

gazetalarning 1 ta toʻplami uchun 2 ta bonusli seminar + keyingi har bir toʻplam uchun 1 tadan seminar.

 

Bunda shuni yodda tutish lozimki, tashkilot uni ham, boshqasini ham хarid qilgan taqdirda gazetalar obunachisining va NORMA AQT foydalanuvchisining bonuslari qoʻshiladi.

 

Bitta tashkilotdan seminarda 2 nafar va undan ortiq kishi hozir boʻlgan taqdirda foydalanilgan bonuslar soni mazkur tashkilotdan ishtirokchilar soniga teng boʻladi.

 

E’tiborni yana shunga qaratish joizki, roʻyхatdan oʻtkazilgan ishtirokchi seminarga kelmagan taqdirda bonus baribir ishlatilgan hisoblanadi.


 

Mavzu boʻyicha material:

 

Foydalanuvchilar va obunachilar uchun bonusli seminarlar