Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Aholining qarz yuki oshmoqda

26.11.2019

Rus tilida oʻqish

 

Markaziy bank statistikani e’lon qildi va vaziyatni oʻnglash rejalari bilan oʻrtoqlashdi.

 

Aholining qarz yuki kreditlar boʻyicha toʻlovlarning daromadga nisbatidir. Joriy yilning 1 iyul holatiga koʻra ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,3 foiz bandga oshgan. 150 mingdan ortiq kredit shartnomalari tahlil qilinganda, 35% holatlarda, shu jumladan avtokredit shartnomalarining 67%ida, mikroqarz shartnomalarining 37%ida va iste’mol krediti shartnomalarining 25%ida qarz yuki tavsiyaviy me’yordan (50%) yuqori ekanligi aniqlandi.

 

Xalqaro amaliyotdan kelib chiqib, yuzaga kelgan muammoli vaziyat aholining ijtimoiy-moliyaviy holatini ancha yomonlashtirishi mumkinligi ta’kidlandi. Buni oldini olish maqsadida jahon amaliyotida hukumat ushbu masalani tahlil qiladi va zarur makroprudensial chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

 

Markaziy bankning harakatlar rejasi Qarz oluvchi jismoniy shaхslarning kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha qarz yukini hisoblash tartibi, qarz yukining ruхsat etilgan miqdori, shuningdek qarz yuki oʻsishini cheklash toʻgʻrisidagi nizom loyihasida aks ettirildi.

 

Birinchi navbatda, banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan ajratiladigan mikroqarzlar va lombardlar tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha qarz yuki koʻrsatkichini hisob-kitob qilish tartib-taomilini joriy etish rejalashtirilmoqda. Xususan, qarz yuki koʻrsatkichi har bir qarz oluvchi boʻyicha qarz beruvchi tomonidan kredit (mikroqarz) ajratishda uning summasi va qarz oluvchining amaldagi kredit (mikroqarz) shartnomalari boʻyicha asosiy qarzi qoldigʻi yigʻindisi 10 mln soʻmga teng va undan oshganda hisoblanishi belgilanmoqda. Jismoniy shaхsning qarz yuki eng yuqori koʻrsatkichi 50%ni tashkil qiladi.

 

Muhimi shundaki, qarz yukini haddan tashqari oshib ketishining oldini olish bilan birga aholi uchun kredit olish imkoniyati chegaralanmaydi.

 

Loyiha QHTBT portalida joylashtirilgan, 5 dekabrga qadar muhokamada ishtirok etish mumkin.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_