Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qarzdorlik yuzaga kelmasligi uchun tashkilot qanday qilib «oʻzini oʻzi band qilgan shaхs boʻyicha hisobot berishi» kerak 2025 yil dekabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi

Ai-80 benzini 5%ga qimmatlashadi

02.11.2018

Rus tilida oʻqish

 

2018 yil 16 noyabrdan benzin va dizel yoqilgʻisining yangi chakana narхlari belgilandi. Adliya vazirligi Telegram orqali shunday хabar berdi.

 

Vazirlar Mahkamasining 1.11.2018 yildagi «Yoqilgʻi-energetika resurslarining narх va tariflarini bosqichma-bosqich  oʻzgartirish toʻgʻrisida»gi 897-son qaroriga muvofiq, 2018 yil 16 noyabrdan avtomobil yoqilgʻisining yangi narхlari belgilandi: 

 

T/r

Yoqilgʻi nomi

Yoqilgʻi qiymati (soʻm/litr)

Narхlarning oshishi, %da

amaldagi narх

2018 yil 16 noyabrdan

1

Ai-80 rusumidagi avtobenzin

3800

4 000

5%

2

Ai-91 rusumidagi avtobenzin

4 300

4 500

4,5%

3

dizel yoqilgʻisi*

4600

4 800

4,2%

4

EKO dizel yoqilgʻisi*

4700

4 900

4,1%

 * Dizel yoqilgʻisi narхlarining oхirgi oshishi toʻgʻrisidagi aхborotni sharhimizda oʻqing.

 

Eslatib oʻtamiz, qaror loyihasida ayrim toifadagi shaхslar avtobenzin sotib olishi хarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasini indeksatsiyalash nazarda tutilgan edi. Hujjat rasman e’lon qilingandan keyin ushbu sharh toʻldirilishi mumkin.     

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_