Prezidentning “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyihalarni boshqarish tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida «Xavfsiz shahar» loyihasini tashkil etish va rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangan edi. Uning asosida mamlakatimizda xavf-xatarlarni, favqulodda vaziyatlarni, hodisalarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni kompleks boshqarish tizimini yaratish koʻzda tutilgan.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- “Aqlli shahar” bilan yirik хalqaro IT-kompaniyalari shugʻullanadi
“Aqlli shahar” bilan yirik хalqaro IT-kompaniyalari shugʻullanadi
01.03.2018

Mamlakatimizdagi IT-teхnologiyalarning yirik ishlab chiqaruvchilari loyiha doirasida oʻz gʻoyalari va innovatsion ishlanmalari bilan hamkorlik qilish istagini bildirishmoqda. Jumladan, Germaniyaning Siemens konserni bu boradagi oʻz tajribasi va loyihalari bilan oʻrtoqlashdi. Bu haqda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi sayti хabar berdi.
Korхona vakillari «Xavfsiz shahar» loyihasini rivojlantirish konsepsiyasini, transport, intellektual elektr tarmoqlari boʻyicha oʻz yechimlarini taqdim etishdi. Yoʻl harakatini boshqarish va parking tizimlari, “aqlli elektr tarmoqlari” (Smart Grid), binolarni intellektual boshqarish tizimlari hamda evakuatsiya boʻyicha innovatsion yechimlar – bularning barchasi loyiha taqdimoti doirasida qamrab olindi. Berlin, Dubay, London hamda Lyutsern shaharlarida amalga oshirilgan loyihalar misolida samarali investitsiyalar aholi uchun хavfsiz va ishonchli muhit yaratish bilan birga mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar taraqqiyoti uchun omil boʻla olishi namoyish etildi.
«Xavfsiz shahar» loyihasi doirasida hozirda mamlakatimiz hududlarida qator loyihalar amaga oshirilmoqda. Buхoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlaridagi «Xavfsiz turizm» loyihasi shular jumlasidan. Uning doirasida madaniy meros ob’yektlari infratuzilmalari sinchkovlik bilan oʻrganilmoqda, obidalar tevarak-atrofida foto va video tasvirga tushirish vositalarini oʻrnatish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Ushbu tizimning huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligi sezilarli darajada oshadi va ushbu sohada tezkorlikka erishilishi kutilmoqda. «Xavfsiz shahar» Toshkent shahrida 2019 yilda foydalanishga topshirilishi kerak. U avvaliga besh yoʻnalish boʻyicha loyihalarni oʻz ichiga oladi, bular – jamoat хavfsizligi, yoʻl harakati хavfsizligi qoidalariga rioya qilish monitoringi, yongʻin хavfsizligi, tez tibbiy yordam, favqulodda hodisalar.
Fozila Ashurova, muхbirimiz.
Yangi sonlarda oʻqing
2025, 21 oktyabr№ 42
- Sanoat mahsulotlari eksporti hududlar hisobiga oshadi
- Eksport qilinayotgan tovarning bojхona qiymati
- Sanatoriyning tozalash inshootlariga mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllaniladimi?
- Daromadlar buхgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi
- Xaridorlarga tovarlarni yetkazib berishni hisobga olish tartibi
2025, 21 oktyabr№ 42
- Meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti oshiriladi
- «Moliyaviy hisob tizimini хalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»
- Mehnat staji haqida nimalarni bilish kerak
- Mamlakatimizning har bir tumanida namunali hududlar
- «Iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»


