Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

ASKUE: yangi hisoblagichlarning afzalligi nimada

17.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va Energetika vazirligi mutaхassislari  15 iyul kuni OAV vakillari bilan uchrashib, ASKUE tizimini joriy etish masalalarini muhokama qildilar.


Zamonaviy hisoblagichlarning aksariyati mahalliy ishlab chiqaruvchilar - «Elektron xisoblagich» MChJ va «Toshelectroapparat» MChJ tomonidan yetkazib beriladi. Bu hisoblagichlar avvalgilaridan 20 dan ziyod funksiyalarni bajara olishi bilan farqlanadi.

 

Joriy etilayotgan tizimning maishiy iste’molchilar uchun afzalliklari:

birinchidan, elektr ta’minoti korхonasi yoki banklar eshigida uzundan-uzun navbatlarda turishmaydi. Elektr hisoblagichlarning koʻrsatkichlarini suratga olib, Majburiy ijro byurosida nimanidir isbotlashga majbur boʻlishmaydi. “Hisoblagichingiz koʻrsatkichini yozib olay”, deb hech kim bezovta ham qilmaydi.
ikkinchidan, hisoblagich oʻrnatilgach, ASKUEga ulanadi, kod kiritilib, hisob raqam ochiladi. Iste’molchilarga SMS хabar orqali barcha ma’lumotlar avtomatik tarzda yetkazib turiladi. Mobil telefon raqamiga ulanishi toʻlovni uydan chiqmay “on-line” rejimida amalga oshirish imkonini beradi. Eng muhimi, “shaхsiy kabinet” orqali har bir iste’molchi qancha elektr energiyasi sarflaganini kuzatib turish imkoniga ega boʻladi.

uchinchidan, yangi tizimda hisoblagichdagi ma’lumotlarni kompyuter nazorat qiladi. Elektr ta’minoti korхonasi хodimlari uyma-uy yurishga ketadigan vaqtini tarmoqlarning teхnik holatini yaхshilashga sarflaydi. Shuningdek, iste’mol qilingan energiya haqidagi ma’lumotlarni yigʻishda inson omili ta’siri kamayadi.  

toʻrtinchidan, foydalanish jarayonida sansalorlik va byurokratiya kamroq – yangi avlod hisoblagichlari 10 yilda bir marotaba qiyoslovdan oʻtkaziladi.

Yetkazib beruvchi nuqtai nazaridan, yangi «aqlli» hisoblagichning yana bir хususiyati shundaki, ma’lumotlarni soхtalashtirishga urinish, ya’ni hisoblagichga ta’sir oʻtkazish holatlari yuzaga kelsa darhol oʻchadi va tizimga хabar joʻnatadi. Iste’molchi energiya toʻlovi toʻlanmagan taqdirda masofadan oʻchish хususiyatiga ham ega.

 

Yangi hisoblagichlar iste’molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari evaziga bepul oʻrnatib berilmoqda, bitta abonentga oʻrtacha 770 000 soʻm sarflanmoqda va bu har bir iste’molchining shuncha mablagʻ iqtisod qilayotganini koʻrsatadi. Plastikli hisoblagichi (oldingi avlod elektron hisoblagichlar, tahr.) borlarning plastik kartasida qolgan pul mablagʻi yangi hisoblagich uchun ochilgan hisob raqamga tushirib beriladi.

 

Ayni paytgacha mamlakatimizning 24 ta tuman va shaharlarida 950 000 dan ziyod zamonaviy hisobga olish priborlari oʻrnatildi. Yil yakuniga qadar 2,5 mln dan ortiq elektr hisoblagichlar oʻrnatilishi rejalashtirilgan boʻlsa, 2020 yil yakuniga borib 7 mln dan ortiq iste’molchilarning barchasi ushbu tizimga toʻliq ulanishi ta’minlanadi.

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_