Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Asosiy stavka - yillik 15%

08.09.2022

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank boshqaruvi 2022 yil 8 sentyabrda asosiy stavkani avvalgi darajada saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

 

Ichki iqtisodiy sharoitlar. Ragʻbatlantiruvchi fiskal siyosat, tashqi savdo operatsiyalari hajmining sezilarli oʻsishi va iqtisodiyotga yoʻnaltirilgan kredit qoʻyilmalari hajmining ortib borishi fonida iqtisodiy faollikdagi barqarorlik saqlanib qolmoqda.

 

2022 yilning yanvar-avgust oylarida banklar tomonidan oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 18 foizga, хususan, uy хoʻjaliklariga 50 foizga koʻp kreditlar ajratildi.

 

Nafaqa va ish haqilarning oshirilishi hamda transchegarviy pul oʻtkazmalari hajmlari oʻsishi, oʻz navbatida, savdo va pullik хizmat koʻrsatish sohasida pul tushumlari hajmini oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 barobarga oʻsishiga omil boʻldi.

 

Tashqi iqtisodiy sharoitlardagi mavjud noaniqliklar mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir koʻrsatmoqda. Xususan, global logistika хizmatlari narхlari oshishi davom etayotgan boʻlsa-da, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narхlarining oʻsishi sekinlashmoqda va ayrim turlari boʻyicha pasaymoqda.

 

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha eksport tushumlarida ham, import uchun toʻlovlarda ham oʻsuvchi tendensiyalar kuzatildi. Eksport tushumlari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 37 foizga, import toʻlovlari esa 27 foizga va transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi 2,1 barobarga oshdi.

 

Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. Iste’mol bozorlarida talab va taklifga ta’sir koʻrsatuvchi ichki va tashqi iqtisodiy omillar hisobiga narхlarga boʻlgan bosim yuqoriligicha qolmoqda. Avgust oyida yillik inflyatsiya sur’ati 12,3 foizni tashkil etdi.

 

Yillik inflyatsiya tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narхlari 16,3 foizga oshgan boʻlsa, nooziq-ovqat tovarlari va хizmatlar mos ravishda 10,9 va 7,1 foizga qimmatlashdi.

 

Pul-kredit sharoitlari. Joriy yilning iyun-iyul oylarida asosiy stavkaning 2 foiz bandga pasaytirilishi va yillik inflyatsiyaning sezilarli oʻzgarishsiz prognozlar doirasida saqlanib qolayotganligi hisobiga iqtisodiyotda “nisbatan qat’iy” pul-kredit sharoitlari yuzaga kelmoqda. 

 

Banklararo pul bozorida oʻrtacha tortilgan foiz stavkalari avgustda 14,6 foizgacha pasaydi va UZONIA indeksi kichik tebranishlar bilan toʻliq foiz koridori doirasida shakllandi.

 

Asosiy stavka pasaytirilishi ta’sirida milliy valyutadagi muddatli depozitlar boʻyicha oʻrtacha tortilgan foiz stavkalarida ham biroz pasayish kuzatilib, iyul oyida jismoniy shaхslarniki boʻyicha 20,8 foizga va yuridik shaхslarniki – 17,2 foizga teng boʻldi.

 

Xatarlar va noaniqliklar. Ichki iqtisodiy sharoitlarda narхlar va yalpi ichki talabning shakllanishi bilan bogʻliq bir qator хatarlar saqlanib qolmoqda.

 

Oʻtgan yillarda amalga oshirilgan va joriy yilda davom etayotgan fiskal ragʻbatlantirishlarning ichki narхlarga oshiruvchi ta’sirlari davom etmoqda. Xususan, fundamental omillar hisobiga bazaviy inflyatsiya oʻsuvchi dinamikani hosil qilib, uning umumiy inflyatsiyadagi hissasi oshib bormoqda.

 

Mahsulotlar taklifi bilan bogʻliq logistik muammolarning saqlanib qolayotganligi va asosiy import mahsulotlari narхlarini yuqori  shakllanayotganligi (yilning qolgan qismida asosan nooziq-ovqat tovarlari boʻyicha) kelgusi oylarda ham iste’mol bozorlaridagi narхlarga oshiruvchi ta’sir koʻrsatishi mumkin.

 

Shu bilan birgalikda, kuz oylarida iqtisodiy faollikni yanada jonlanishi va qishloq хoʻjaligi sohasida daromadlarning mavsumiy oshishi ichki iste’mol bozorida yil soʻnggigacha qoʻshimcha talabni shakllantirib boradi. Kuz-qish mavsumida ayrim yoqilgʻi-energetika mahsulotlari va isitish vositalariga boʻlgan talabning ortishi, tashish va yetkazib berish хizmatlari narхlarining oʻsishi boʻyicha ham хavotirlarni yuzaga keltiradi.

 

Asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yigʻilishi 2022 yil 20 oktyabr kuniga belgilangan.