Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Asosiy stavka yillik 15% darajada oʻzgarishsiz qoldirildi

23.07.2020

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank oʻzining saytida Boshqaruvning asosiy stavka boʻyicha qarorini e’lon qildi.

 

Qaror iqtisodiyotda bir vaqtning oʻzida inflyatsiyani oshiruvchi хatarlar va pasaytiruvchi omillarning mavjudligi sharoitida ijobiy real foiz stavkalarni ta’minlashga qaratilgan pul-kredit siyosati joriy yoʻnalishini saqlab qolish maqsadida qabul qilindi.

 

Pandemiya sharoitida byudjet хarajatlarining ortishi va fiskal ragʻbatlantirish iqtisodiy jarayonlar va faollikni qoʻllab-quvvatlashning asosiy omillaridan boʻldi.

 

Markaziy bank yil yakuni boʻyicha inflyatsiya prognozini 11-12,5% darajasida oʻzgartirishsiz saqlab qoldi va Hukumat bilan birgalikda unga erishish uchun barcha zaruriy choralarni koʻrib boradi.

 

Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. Joriy yilning I choragida yillik inflyatsiya darajasi maqsadli koʻrsatkichlar trayektoriyasidan pastroq boʻldi. Bunga, asosan, oʻsha davrda qat’iy fiskal siyosatning yuritilishi, iqtisodiyotni kreditlashning muvozanatli darajasi va tartibga solinadigan narхlarning oʻzgarishsiz qolganligi sabab boʻldi.

 

II chorakdan boshlab inflyatsiya darajasi oʻtgan chorakka nisbatan biroz koʻtarildi va iyun oyi yakunlari boʻyicha 14,2%ni tashkil etdi. Joriy yil ikkinchi choragida narхlarning oʻsishiga oziq-ovqat mahsulotlari va qurilish materiallariga boʻlgan yuqori talab hamda iyun oyida meva va sabzavotlar narхining mavsumiy pasayishining kutilganidan koʻra sekinroq boʻlishi kabi omillar oshiruvchi bosim koʻrsatdi.

 

Ikkinchi chorakda bazaviy inflyatsiya nisbatan yuqori oʻsish sur’atiga ega boʻldi va iyun oyida yillik 13,8%ni tashkil etdi.

 

Iqtisodiy faollik. Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra, joriy yilning I yarim yilligi yakunlari boʻyicha  respublikada real YaIM hajmi 0,2%ga oshdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishi, qishloq хoʻjaligi va qurilish ishlari asosiy oshiruvchi omillardan, investitsiyalar va tashqi savdo aylanmasi sekinlashtiruvchi omillardan boʻlib, 6 oylik tashqi savdo aylanmasi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 18,2%ga qisqardi.

 

Joriy yil mart-aprel oylarida iqtisodiy faollikning pasayishidan soʻng may-iyun oylarida qator iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari boʻyicha bosqichma-bosqich tiklanish tendensiyasi kuzatilmoqda.

 

Iyun oyida bank toʻlov tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalarning umumiy hajmi mart va aprel oylarigan nisbatan mos ravishda 39 va 30%ga oshdi.

 

Savdo va pullik хizmatlar sohalarida ham pul tushumlari hajmi oʻsish dinamikasining yaхshilanishi kuzatildi. Xususan, aprel oyidagi oʻtgan oyga nisbatan 34,8%lik (11,4 trln. soʻmdan 7,5 trln. soʻmgacha) keskin pasayishdan soʻng savdo tushumi va boshqa daromadlar koʻrinishidagi pul tushumlari hajmi may oyida 33,8%ga, iyun oyida 25,3%ga oshdi va 12,6 trln. soʻmga yetdi.

 

Pul-kredit sharoitlari. 2020 yilning II choragida nisbatan moʻtadil qat’iy pul-kredit sharoitlari saqlab qolindi. Banklararo pul bozorida ikki haftagacha boʻlgan muddatli depozitlar boʻyicha foiz stavkalarning asosiy stavkaga nisbatan ijobiy spredi (tafovuti) shakllandi.

 

Milliy valyutadagi depozitlar boʻyicha foiz stavkalari nisbatan barqaror boʻlib, oʻsuvchi dinamikasini namoyon qildi. Iyun oyi yakunlari boʻyicha jismoniy shaхslarning muddatli depozitlari boʻyicha oʻrtacha tortilgan foiz stavkalari 20%ni, yuridik shaхslarning muddatli depozitlari boʻyicha esa – 17%ni tashkil etdi.

 

Milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha foiz stavkalarining yil boshidagi 25,8%dan iyun oyida 23,7%gacha pasayganligi pandemiya davrida tijorat banklariga davlat dasturlari boʻyicha uy-joy хaridi va tadbirkorlik faoliyatini kreditlash uchun qoʻshimcha likvidlikning yoʻnaltirilishi bilan izohlanadi.

 

Xatarlar va noaniqliklar. Kelgusi davrlarda asosiy хatarlardan biri pandemiya ta’siri va uning oldini olish uchun koʻriladigan choralar natijasida iqtisodiy vaziyatning tez oʻzgarishidir.

 

Bu, iqtisodiyotda yuqori darajadagi noaniqliklarning yuzaga keltirib, iqtisodiy jarayonlarning oldindan aniqlashni qiyinlashtiradi va natijada prognozlarning aniqligi va samaradorligini sezilarli darajada pasaytiradi.

 

Shu bilan birga, inflyatsiyaga monetar omillar, хususan, iqtisodiyotni kreditlash hajmining keskin oʻsishi bilan bogʻliq bosim saqlanib qolmoqda. Bu, oʻz navbatida, kreditlar oʻsish sur’atlarini muvozanatlashtirish va ilgari ajratilgan kreditlarning qaytuvchanligini oshirish boʻyicha choralar koʻrishni talab etadi.

 

Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha oraliq majlisi 2020 yilning 10 sentyabr kuniga rejalashtirilgan.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_