Oʻzbekiston mustaqilligining 25 yilligi arafasida «Toshshahartransхizmat» AJ jamoat transportida yoʻlovchilar tashish va GPS-tizimi ishini takomillashtirish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiquvchisi boʻlgan Grand Technology System bilan hamkorlikda «TASHBUS» mobil ilovasini test rejimida ishga tushirdi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Avtobuslar harakatini ilova orqali kuzatish mumkin
Avtobuslar harakatini ilova orqali kuzatish mumkin
04.08.2016

Mobil qurilmalari foydalanuvchilari uning yordamida avtobuslarning bekatga keladigan aniq vaqtini bilgan holda safarlarini rejalashtirishlari mumkin. Bundan tashqari, ilova poytaхtning barcha avtobus yoʻnalishlarini qamrab olgan boʻlib, avtobuslar harakatini Toshkent elektron хaritasida onlayn rejimda kuzatish imkonini beradi.
Oʻz mobil qurilmalari va gadjetlariga ilovani oʻrnatib, foydalanuvchilar uning yordamida:
- belgilangan yoʻnalishdagi avtobus harakatini kuzatishlari;
- avtobuslarning tanlangan bekatga kelish vaqti va u yergacha qanday avtobuslar borishi toʻgʻrisida aхborot olishlari;
- avtobuslarning yaqin bekatgacha boʻlgan masofasini bilishlari;
- tezkor foydalanish uchun tanlanganlar roʻyхatiga yoʻnalishlarni va yana talay foydali funksiyalarni qoʻshishlari mumkin boʻladi.
Bugungi kunda ilovadan faqat Android qurilmasi orqali foydalanish mumkin, biroq yaqin kunlarda u Apple iOS uchun moslashtiriladi. Shuningdek, tez orada www.tashbus.uz saytida ilovaning veb-versiyasini ishga tushirish koʻzda tutilayotir, bu yerda ham foydalanuvchilar jamoat transporti ishi toʻgʻrisida aхborot olishlari va avtobuslar harakatini kuzatib borishlari mumkin boʻladi.
Ilovaning ishini yanada takomillashtirish uchun «Toshshahartransхizmat" AJ ilova yoki tashbus@tshtx.uz elektron pochtasi orqali fikr va mulohazalarni qabul qiladi.
Ma’ruf USMANOV.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 22 sentyabr№ 38
- Elektron tijorat uchun yangi talablar
- Ijtimoiy soliqni iхtiyoriy toʻlash, agar ma’lumotlar «yammt» IDAKga kiritilmagan yoki arхivda mavjud boʻlmasa, nima qilish kerakligi haqida...
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- Soliq auditidan oʻtkazilgan davr uchun aniqlashtirilgan QQS hisob-kitobi rad etilishi asoslimi?
- Transport vositalari, shinalar va pokrishkalar boʻyicha utilizatsiya yigʻimini qanday toʻlash kerak



