Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari koʻrinishidagi moddiy yordam: QQS qachon yuzaga keladi va chegirma huquqi qachon yoʻqotiladi Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro

Avtomaktablar litsenziyani onlayn qayta rasmiylashtirishlari mumkin

18.03.2019

Rus tilida oʻqish

Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali endi ana shunday imkoniyatni taqdim etmoqda.

 

Xizmatning toʻliq nomi: avtotransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarining haydovchilarini oʻqitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida nodavlat ta’lim хizmatlarini taqdim etish uchun berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtirish.

 

U yuridik shaхslarga yarim avtomatik rejimda taqdim etiladi.

 

Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻimning (EKIHning 1 barobari) 50 foizi  undiriladi.

 

Xizmat Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-son qarori bilan tartibga solinadi.

 

Arizani Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqadi.