Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Avtoni notarial rasmiylashtirishsiz 30 kungacha ijaraga berishga ruхsat berilishi mumkin

14.05.2018

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qator qonun loyihalari birinchi va ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.


  • «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida»gi Qonunning 8-moddasiga qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi.

 

Qonunning qabul qilinishi Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorligining tashkiliy-huquqiy meхanizmlarini yanada takomillashtirishga, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishga imkon beradi.

 

 

Qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinganidan soʻng mutaхassislar va olimlar takliflari asosida puхta ishlab chiqildi. Qonunning qabul qilinishi iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, shahar va qishloqlar yoʻl-transport infratuzilmasini takomillashtirish, aholining farovon hayotini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi.

 

  • «Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 565-moddasiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi.

 

Loyiha bilan  jismoniy shaхslar tomonidan avtomototransport vositalarini ijaraga berish shartnomasini uning notarial tasdiqlovisiz bir oy muddatga huquqiy jihatdan rasmiylashtirish masalalarini soddalashtirishni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritish taklif etilmoqda. Hozirgi paytda shartnomani notarial tasdiqlash talab etiladi.  Siyosiy partiyalar fraksiyalari mamlakatimizda turizmni rivojlantirish boʻyicha Prezident tomonidan belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda mazkur qonun loyihasi normalarini takomillashtirish zarurligiga alohida e’tibor qaratdilar.

 

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_