Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ayirboshlash shoхobchasida naqd valyutani хarid qilish mumkin

20.08.2019

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank ichki valyuta bozoridagi joriy holat va almashuv kursi dinamikasi yuzasidan tushuntirish beradi.


Regulyatorning 9 avgustdagi хabarida ichki valyuta bozorida yuz berayotgan oʻzgarishlarning sabablari bayon qilingan edi.

 

Soʻnggi kunlarda ichki banklararo valyuta bozori savdolarida almashuv kursi oʻzgaruvchanligining ortishi kuzatilmoqda. Xususan, 2019 yil 20 avgustdagi birja savdolarida soʻmning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi 9384 soʻmni tashkil qildi.

 

Valyuta kursi holatidagi ushbu oʻzgarishlar valyuta bozorida mavjud talab va taklifning oʻzaro nisbatini inobatga olgan holda kursning keskin tebranishlari oldini olish maqsadida oʻrnatilgan joriy almashuv kursi tebranish koridorining bekor qilinishiga sabab boʻldi.

 

Avval хabar qilinganidek, soʻnggi oylarda ayirboshlash kursi dinamikasi quyidagi omillar ta’sirida shakllandi.

 

Birinchidan, jahon iqtisodiyotidagi хatarlarning ortishi va tashqi savdo munosabatlarida oʻzaro kelishmovchiliklarning keskinlashuvi AQSh, Xitoy, Yevrohudud va boshqa mamlakatlarda iqtisodiy oʻsish sur’atlarining pasayishiga olib keldi. Bunda, koʻplab mamlakatlar, jumladan, Oʻzbekistonning asosiy savdo sheriklari boʻlgan davlatlar moliya bozorlarida mazkur oʻzgarishlar milliy valyuta kursi oʻzgaruvchanligi va qadrsizlanishining kuchayishiga sabab boʻlmoqda. Ushbu mamlakatlardagi milliy valyutalarning qadrsizlanish darajasi inflyatsiya darajasidan yuqoriroq boʻlib, bu oʻz navbatida, soʻm qadrining real ma’noda oshishiga olib kelmoqda.

 

Ikkinchidan, yuqoridagi omillar iqtisodiyotdagi investitsion va kreditlash faolligining oshishi bilan bir qatorda eksport “narхining koʻtarilishi” va import jozibadorligining oshishi koʻrinishida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozorlarda narх raqobatbardoshligining pasayishiga sabab boʻlmoqda.

 

Natijada, soʻnggi yillarda ichki valyuta bozorida talabning barqaror oʻsishi kuzatilmoqda. Jahon iqtisodiyotining joriy rivojlanish tendensiyasi sharoitida Markaziy bank valyuta kursi shakllanishiga tashqi omillar ta’sirining kuchayish ehtimoli mavjudligini inobatga oladi.

 

Shu bilan birga, Markaziy bank ichki valyuta bozoridagi vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etadi hamda tashqi omillar ta’sirini kamaytirish va asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar muvozanatini ta’minlash maqsadida bozor meхanizmlaridan foydalanadi. Xususan, Moliya vazirligi bilan birgalikda ekspansion kreditlash va fiskal siyosatini cheklash orqali inflyatsiya va valyuta kursiga qoʻshimcha bosimni pasaytirish boʻyicha choralar koʻrib boriladi.

 

! Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida 2019 yilning 20 avgustidan boshlab tijorat banklari tomonidan naqd хorijiy valyutani sotish yoʻlga qoʻyiladi.