Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Avtomatlashtirilgan taqqoslash tafovutlarni keltirib chiqarganda... ShJBPHga badallar: majburiy va iхtiyoriy badallarni qanday hisoblash va toʻlash kerak Mas’uliyati cheklangan jamiyatdan ishtirokchining chiqishi qanday rasmiylashtiriladi Mas’uliyati cheklangan jamiyatdan ishtirokchining chiqishi qanday rasmiylashtiriladi

Ayrim bojхona toʻlovlarini amalga oshirish tartibi oʻzgardi

22.04.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.04.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegara oʻtkazish punktlarida davlat nazoratidan oʻtkazish tartibotlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 210-son qarori qabul qilindi.

 

Oʻzgarishlarga muvofiq:

  • bojхona hamrohligidagi kuzatuv uchun bojхona yigʻimlarini transport vositasi bojхona hamrohligiga olingandan soʻng ham toʻlash mumkin;
  • chegara oʻtkazish punktlarida undirilishi belgilangan chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligini va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimni bojхona hududida toʻlash mumkin boʻladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.04.2024 yildan kuchga kirdi.


Sobir Nurberdiyev