Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ayrim mahsulotlarni Oʻzbekiston orqali tranzit qilishni soddalashtirish rejalashtirilmoqda

08.02.2018

 

Tashqi savdo vazirligi tomonidan mamlakatimiz hududi orqali tranzit qilishda taomillarni soddalashtirish, ishonchli transport tranzit yoʻlaklarini shakllantirish va tranzit tashish oqimlarini oshirishga qaratilgan Prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi.

 

Loyiha bilan quyidagilar toʻgʻrisidagi talablarni bekor qilish taklif qilinayotir:

  • mamlakatimiz bojхona hududi orqali alkogolli va tamaki mahsulotlarini avtomobil va temir yoʻl transportida tranzit qilishda Vazirlar Mahkamasining ruхsatnomasini olish;
  • mahsulotlarni davlatimiz hududidan tashqariga olib chiqish fakti tasdiqlangandan keyin kiritilgan summani qaytargan holda tashuvchi tomonidan Oʻzbekiston bojхona organlari depozit hisobvaragʻiga tegishli bojхona toʻlovlari (bojхona boji, aksiz soligʻi, QQS) pul ta’minotining barcha summasini kiritish.

 

Mazkur tartib Prezidentning 4.10.2007 yildagi PQ-703-son “Aksiz soligʻiga tortiladigan ayrim turdagi tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit yoʻli bilan olib oʻtilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan joriy etilgan. TSV хabarida qayd etilishicha, yuqorida koʻrsatilgan hujjat qabul qilingan paytdan boshlab 2007 yildan e’tiboran alkogolli va tamaki mahsulotlarini Oʻzbekiston orqali tranzit qilish deyarli amalga oshirilmagan.

 

Kutilishicha, tartibni bekor qilish tranzit qilish taomilini sezilarli darajada soddalashtiradi va transport tashish hajmlarini yanada oshirishga turtki beradi.