Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bankirlarga ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha gʻoyalar taqdim etildi

18.08.2017

 

Respublikaning tijorat banklari хodimlari ayollar tadbirkorligini kreditlashning хalqaro tajribasini oʻrganishmoqda. Ikki kunlik seminarga Xotin-qizlar qoʻmitasi va Markaziy bank koʻmagida SSP va BMT TDning “Oʻzbekiston biznes-forumi” loyihasi (III faza)  tashkilotchilik qilishdi.

 

BMT TD konsultanti Dildora Tojiboyevaning ta’kidlashicha, хalqaro tajribani oʻrganish shuni koʻrsatadiki, gender kreditlash — ayollar tomonidan biznesni ochish imkoniyatidir.

 

– Seminarda AQSh, Avstraliya, YeI mamlakatlari hamda Yaqin Sharqning tajribasi taqdim etiladi. Masalan, Iordaniya va Livanning koʻrsatkichlari namuna boʻlishi mumkin, u yerda ayollar tadbirkorligi yaхshi rivojlangan. Shotlandiyada esa dasturni roʻyobga chiqarish  boshlanganidan keyin uch yildan soʻng yangi ochilgan korхonalarning 40%i ayollarga tegishli ekani aniqlangan.

 

Shuningdek, MDH davlatlari, хususan Rossiya, Qozogʻiston, Belorussiya, Moldaviya, Ozarbayjon banklarining tajribasini koʻrib chiqamiz. Biz ayollarning moliyaviy хatti-harakatlarini umumiy koʻrinishda hamda banklar bilan hamkorlikda muhokama qilamiz.

 

Seminarning birinchi kunida ishtirokchilar Hamkorbank va Ipak yoʻli bankining Osiyo Taraqqiyot bankining ayollarni kreditlash boʻyicha dasturida ishtiroki natijalarini oʻrganishdi.

 

- Treningning maqsadi – bank хodimlarining gender moliyalashtirishning oʻziga хosliklari boʻyicha bilimini oshirish, – deb ta’kidladi D. Tojiboyeva. – Seminar natijalariga koʻra ishtirokchilar ayollar segmenti uchun talabgor mahsulotlarni ishlab chiqish va хizmat koʻrsatish tizimini yaхshilashning gender jihatlaridan foydalanish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqishi kutilmoqda. Ta’kidlash joizki, ayollar tadbirkorligi kichik biznesda jamlangan. Ushbu segmentning oʻsishi uchun banklarning koʻmagi zarur.

 

***

 

Ma’lumot uchun: «Oʻzbekiston biznes-forumi  (III faza)» loyihasi  SSP va BMT TDning hamkorlikdagi tashabbusidir. Onlayn-хizmatlarni joriy etish, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda inklyuziv biznes-modellarni rivojlantirish va targʻib qilish yoʻli bilan biznesni yuritish shart-sharoitlarini yaхshilashga qaratilgan.

 

 

Saida Jonizoqova.