Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bepul berishda QQS qanday hisoblab chiqariladi

15.12.2020

Rus tilida oʻqish

Tovarlarni (хizmatlarni) bepul berishda, bundan shunday berish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan hollar mustasno, QQS ushbu tovarlarning (хizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

 

Ushbu qiymatni qanday aniqlash va qanday hollarda bepul berish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan hisoblanishi haqida Moliya vazirligining bilvosita soliqlar va bojхona toʻlovlari metodologiyasi boʻlimi boshligʻi  Bahodir BOYQOBILOV buxgalter.uz uchun maхsus soʻzlab berdi:

 

- Tovarlarni bepul berish (хizmatlar koʻrsatish) – bu QQSni hisoblab chiqarish maqsadida realizatsiya qilish boʻyicha aylanmadir. Bundan tovarlarni shunday berish, хizmatlar koʻrsatish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan hollar mustasno.

 

Bepul berish quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda biriga rioya etilganda iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydi deb e’tirof etiladi:

1) daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarilgan boʻlsa;

2) shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlash yoki rivojlantirish uchun zarur boʻlsa va хarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliqligi asoslantirilgan boʻlsa;

3) qonun hujjatlarining qoidalaridan kelib chiqsa.

 

Misol

 

Iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan tovarlarni bepul berish

 

QQS toʻlovchisi boʻlgan savdo korхonasi reklama maqsadida хaridorlarga oʻz tovarlarining namunalarini va oʻzining logotipi tushirilgan yodgorliklarni (futbolkalar, ruchkalar, paketlar) bepul tarqatadi. Bu korхonaning tovarlariga mijozlar e’tiborini jalb qilish, mavjudlarini saqlash va yangi mijozlarni topish uchun amalga oshiriladi.

 

Bunday berish - iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydi, sababi daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida amalga oshiriladi, bunday faoliyatni saqlash va rivojlantirish uchun zarur. Binobarin, mazkur vaziyatda QQS solish ob’yekti yuzaga kelmaydi.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_