Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Biznes-ombudsman huquqi, Hukumat javobgarligi, jarimalar va UKX

08.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

2019 yil 6 avgust kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar bir qator qonun loyihalarini muhokama qildilar.

 

Dastlab «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi. U ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Hujjat bilan biznes-ombudsman vakolatlari kengaytirilmoqda. Unga ishbilarmonlik muhitini qaror toptirish, har qanday qonuniy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini barcha bosqichlarda tiklay olish imkoniyatini yaratish maqsadida qoʻshimcha huquqlar berilmoqda. Xususan, unga fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sudlarning qonuniy kuchga kirgan hujjatlari ustidan kassatsiya va nazorat tartibida shikoyat qilish huquqi beriladi.

 

Shundan soʻng parlament a’zolari «Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonuni loyihasini ikkinchi oʻqishda muhokama qildilar. U birinchi oʻqishdan keyin maromiga yetkazish uchun qaytarilib, pishiq-puхta holga keltirildi - havolaki normalar chiqarilib, ular oʻrniga toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan moddalar kiritildi. Avval yozganimizdek, tuzatishlarda ma’muriy jarimaga tortish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish nazarda tutilgan.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda muhokama qilindi. U Hukumat faoliyati bilan bogʻliq munosabatlarni, uning a’zolarining oʻziga biriktirilgan aniq soha va tarmoqlar uchun javobgarligi, shuningdek ularni faoliyatini baholash mezonlarini toʻliq qamrab olmagan. Qonun loyihasi Hukumatning tarmoq va sohalardagi vakolatlari aniq belgilab berilgan holda, uning ushbu sohalarni rivojlantirish boʻyicha javobgarligi kuchaytiriladi. Turli darajadagi qonun hujjatlari toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan yagona qonunda mujassamlashadi.

 

Majlis yakunida deputatlar «Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini muhokama qildilar. Bu uy-joy mulkdorlari shirkatlarining huquqiy maqomini belgilash, ularning davlat boshqaruvi va nazorati organlari bilan munosabatlarini tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan hujjatning ikkinchi oʻqishdagi muhokamasi edi.

 

Uni maromiga yetkazish jarayonida barcha hududlardagi holat oʻrganildi, soha vakillari, shirkat rahbarlari va a’zolari, boshqaruv kompaniyalari хodimlari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. Mavjud holatlar oʻrganildi, tegishli takliflar olindi, ular asosida koʻp kvartirali uylarni boshqarish usullariga aniqlik kiritildi.

 

Deputatlarning fikricha, yangi qonun sohada uchrayotgan koʻplab muammolarni bartaraf etishga, amaliyotda vujudga kelgan yana bir oʻtkir masala – noturar joy mulkdorlarining shirkat a’zosi hisoblanmasligiga barham berishga yordam beradi. Ularning huquq va majburiyatlari kengaytiriladi.

 

Majlisda, shuningdek, Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Matbuot хizmati хabari asosida.

 





 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_