Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodima bolani parvarishlash ta’tilidan chiqqanidan soʻng yana dekretga ketsa, oʻrtacha ish haqini qanday hisoblash mumkinAylanmadan olinadigan soliqning hisob-kitobida jami daromadni hisobga olish tartibiQanday hollarda iqtisodiy sudga soddalashtirilgan tartibda da’vo arizasi berish mumkin – Buxgalter Pro

Biznes-ombudsman soliq organlari qoʻllagan jarimani kamaytirishga yordam berdi

18.01.2024

Rus tilida oʻqish

Tadbirkor B.J. Qarshi shahridagi Tadbirkor virtual ofisiga soliq organining qarori ustidan shikoyat bilan murojaat qildi.

 

Qarshi shahar soliq inspeksiyasi tomonidan B.J. Soliq kodeksining 221-moddasi 1-qismi boʻyicha 10 mln soʻm jarimaga tortilgan.

 

Biznes-ombudsman devoni yetakchi inspektori Ismoil Saitovning tushuntirishicha, Soliq kodeksining 216 va 218-moddalariga muvofiq ilgari shu kabi huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilgan shaхs tomonidan soliq huquqbuzarligini sodir etish fakti ogʻirlashtiruvchi holat sifatida tan olingan. Bunday vaziyat mavjud boʻlganda, jarima miqdori ikki baravar koʻpayadi.

 

B.J. ilgari shunga oʻхshash huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilmagan, lekin soliq organi tomonidan ikki hissa miqdorida jarima qoʻllanilgan.

 

Shu munosabat bilan, Biznes-ombudsman devonining qonuniy talablariga koʻra Qarshi shahar soliq inspeksiyasi qonun buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha qoʻshimcha qaror qabul qildi. Notoʻgʻri qoʻllanilgan 10 mln soʻm jarima 5 mln soʻmgacha kamaytirildi va 10 kunlik imtiyozli davr davomida tadbirkor tomonidan 2,5 mln soʻm toʻlandi.

 

Shunday qilib, Biznes ombudsman devoniining aralashuvi tufayli tadbirkor soliq organi tomonidan notoʻgʻri qoʻllanilgan jarima miqdorini kamaytirishga muvaffaq boʻldi.