Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Biznes-ombudsman tadbirkordan noqonuniy undirilgan mablagʻlarni qaytarishga yordam berdi

18.11.2022

Rus tilida oʻqish

Samarqand viloyatida faoliyat yurituvchi “Orzu” MChJ (nomi oʻzgartirilgan) soliq boshqarmasi mansabdor shaхslaridan norozi boʻlib Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan.

 

Ma’lum boʻlishicha, viloyat soliq boshqarmasi tomonidan kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilganda Jamiyatning bir qator boshqa tadbirkorlik sub’yektlari bilan tuzgan shartnomalari qalbaki (koʻzboʻyamachilik bitimi) deb hisoblangan va Jamiyatdan qariyb 50 million soʻm undirish toʻgʻrisida asossiz qaror qabul qilingan.

 

Soliq kodeksining 14-moddasida huquqni suiiste’mol qilishning, bitim qalbakiligining (koʻzboʻyamachilik uchun tuzilganining) holatlarini aniqlash, shuningdek ularning oqibatlarini qoʻllash soliq organlari tomonidan, soliq toʻlovchi norozi boʻlgan taqdirda esa soliq organlarining da’vosi boʻyicha sud tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

 

Ushbu holat yuzasidan Biznes-ombudsman tomonidan Samarqand tumanlararo ma’muriy sudiga shikoyat kiritildi.

 

Holat boʻyicha barcha hujjatlar oʻrganilganda soliq organining solikka oid хukuqbuzarliklar materiallarini koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi qarori ish hujjatlari bilan toʻliq oʻrganilmasdan qabul qilinganligi aniqlandi.

 

Xususan, Jamiyatning kontragenti shartnoma tuzilgan davrda soliq idoralarida qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida roʻyхatdan oʻtgan va guvohnomasi kuchda boʻlgan. Shuningdek, tuzilgan shartnoma boʻyicha QQS summasi toʻliq oʻtkazib berilgan.

 

Biroq, kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilayotgan davrga qadar kontragentning QQS toʻlovchisi guvohnomasi vaqtincha bekor qilinganligi bois, tekshiruv vaqtida bu holat e’tibordan chetda qoldirilgan.

 

Sud qaroriga asosan Samarqand viloyat Davlat soliq boshqarmasining tadbirkor faoliyatida aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan qabul qilingan qarori haqiqiy emas topildi va Jamiyatdan noqonuniy undirilgan mablagʻlar qaytarib berildi.

 

Guljamol Shukurova,

Biznes-ombudsman apparati

jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi.