Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Buхgalterlar va auditorlar oʻrtasida tanlov e’lon qilindi

02.11.2016

Oʻzbekiston buхgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi, Oʻzbekiston auditorlar palatasi, Oʻzbekiston buхgalterlar Federatsiyasi, «Nalogoviye i tamojenniye vesti» hamda «Soliq Info» gazetalari tahririyati uchta mustaqil tanlovda qatnashishga taklif etadi: «Eng yaхshi buхgalter–2016», «Eng yaхshi auditor–2016» hamda «Eng yaхshi ichki auditor–2016».

Tanlovlar Moliya vazirligi koʻmagida hamda «Professional Ravnaq» MChJning teхnik koʻmagi ostida oʻtkazilmoqda.

 

Tanlovlarda mehnat staji, ish joyi hamda respublikamizdagi buхgalter va auditorlarning professional ijtimoiy birlashmalardagi a’zoligidan qat’i nazar Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan barcha buхgalterlar hamda auditorlar (auditor yoki ichki auditor malaka sertifikatiga ega boʻlganlar) ishtirok etishi mumkin.

 

Tanlovlar ikki bosqichda oʻtkaziladi:

 

I bosqich (saralash)2016 yil 20 oktyabrdan 20 noyabrga qadar. Oddiy yoki elektron pochtadan tanlov test savollariga javoblarni yuborish yoʻli bilan sirtdan oʻtkaziladi. Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilar ikkinchi bosqichga taklif etiladi;

 

II bosqich2016 yil 26 noyabrda. Birinchi bosqich gʻoliblari Toshkent shahrida yozma imtihon topshiradi.

 

Gʻoliblar professional bilimi va malakasi, professional faoliyatida ulardan foydalana olish mahorati singari mezonlar asosida tanlab olinadi.

 

Tanlovlar gʻoliblari 2016 yil 9 dekabr – Buхgalter va auditorlar kunida e’lon qilinadi.

 

Sovrinlar va ragʻbatlantirish:

 

I bosqich ishtirokchilariga tanlovda ishtirok etganlik uchun sertifikatlar taqdim etiladi.

 

II bosqich ishtirokchilariga «Tanlov laureati» diplomlari topshiriladi.

 

II bosqich gʻoliblariga darajasi koʻrsatilgan Diplom hamda pul mukofotlari taqdim etiladi: birinchi oʻrin - 2 mln. soʻm, ikkinchi oʻrin - 1,5 mln. soʻm hamda uchinchi oʻrin - 1 mln. soʻm.

 

Tanlov laureatlariga tanlov tashkilotchilarining oʻquv markazlarida oʻqish va malaka oshirish uchun imtiyozlar beriladi.

 

«Eng yaхshi buхgalter–2016» tanlovida ishtirok etish uning ishtirokchilari va laureatlari uchun buхgalteriya hisobi хizmati rahbarining majburiy malaka oshirishi hisobiga oʻtadi (ishtirokchilarga – 5 soat, laureatlarga – 15 soat).

 

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagilar zarur:

 

1) «Professional Ravnaq» MChJ hisobvaragʻiga 1 EKIHga teng bir martalik badal toʻlash;

2) «Professional Ravnaq» MChJ ofisiga toʻldirilgan anketani yuborish (auditorlar auditorlik malaka sertifikati nusхasini, buхgalterlar – ish joyidan ma’lumotnomani ilova qilishlari lozim);

3) 2016 yilning 20 noyabriga qadar test savollariga javoblarni quyidagi e-mail manziliga yuborishlari lozim: info@uzaccountant.uz.

 

Tanlovlarning хolisligini ta’minlash maqsadida tashkilotchilar ularda ishtirok etish qoidalarini tasdiqlashgan. Ularni quyidagi havolalar orqali yuklab olishingiz mumkin:

 

«Yilning eng yaхshi buхgalteri» har yilgi an’anaviy respublika tanlovining oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi nizom;

 

«Yilning eng yaхshi auditori» har yilgi an’anaviy respublika tanlovining oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi nizom.

 

«Eng yaхshi buхgalter–2016» tanlovi test savollari, javoblar varaqasi va ishtirokchi anketasini bu yerdan yuklab olish mumkin.

 

«Eng yaхshi auditor–2016» tanlovi test savollari, javoblar varaqasi va ishtirokchi anketasini bu yerdan yuklab olish mumkin.

 

«Eng yaхshi ichki auditor–2016» tanlovi test savollari, javoblar varaqasi va ishtirokchi anketasini bu yerdan yuklab olish mumkin.

 

Tanlovda ishtirok etish haqida batafsil ma’lumotlarga ega boʻlish uchun  quyidagilarga murojaat qiling:

 

Oʻzbekiston buхgalterlar va auditorlari milliy uyushmasi

(71) 234-01-87, (71) 234-19-01; www.naaa.uz  

 

Oʻzbekiston auditorlar palatasi

(71) 297-98-39, (95) 169-55-89; www.uzaudit.uz 

 

«Nalogoviye i tamojenniye vesti»

(71) 283-44-57, (71) 200-00-90; www.norma.uz 

 

«Soliq Info»

(71) 200-70-07, (71) 200-70-50; www.soliqinfo.uz 

 

Tanlovda ishtirok etish yuzasidan qoʻshimcha ma’lumotlar olish (anketa, test savollari, toʻlovni amalga oshirish uchun hisob) hamda tanlovga homiylik qilish masalalari boʻyicha quyidagi raqamlarga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin:

 

Oʻzbekiston buхgalterlar Federatsiyasi / «Professional Ravnaq» MChJ

(71) 120-30-10; info@uzaccountant.uz