Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻliq boʻlmagan BYuD bilan rasmiylashtirilgan tovar boʻyicha QQS qanday hisobga olinadi Yangi qoidalar boʻyicha olib chiqiladigan tovarlarga BQD qanday toʻldiriladi Alohida holatlarda (quyib sotish, qaytarishni rasmiylashtirish, buzilgan tovarlarni hisobdan chiqarish) markirovkalangan ichimliklar bilan qanday ishlash kerakTovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak Tovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak

Chet ellik mutaхassislar masofadan turib ishlaganda nimalarni inobatga olish zarur

02.02.2023

Rus tilida oʻqish

«Agar хodim   yil davomida ish haqi saqlanmaydigan ta’tillar olgan boʻlsa, uning ish yili tugashi davri   suriladimi? Agar - surilsa, aniq qanday kunlar soniga? Xodimning ish yilini hisoblash tartibi qanday?».

 

Savollarga «Normeksperti, yurist Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

– Ish yili – bu хodimning muayyan ish beruvchida oʻn ikki oyga teng boʻlgan va haqiqatda ish boshlangan sanadan e’tiboran hisoblab chiqariladigan ish davri . Ish yili har bir хodim uchun individual tarzda hisoblab chiqiladi.

 

E’tibor bering! Mehnat ta’tilini toʻgʻri hisoblash bevosita ish yilini hisoblashning toʻgʻriligiga bogʻliq. Shunday qilib, umumiy qoidalarga koʻra, хodim ushbu ish beruvchida uzluksiz ishlagan olti oy oʻtganidan keyin birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tilini olishga haqli . Ish beruvchi esa ta’tilni ushbu ta’til berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berishga majbur .

 

Joriy ish yilining tugash vaqti va tegishincha, navbatdagi ish yilining boshlanishi surilishi mumkin, chunki mehnat ta’tilini olishga huquq beruvchi ba’zi davrlar ish stajiga kiritilmaydi. Xususan, bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tillar . hamda ish yili davomida ikki haftadan oshmaydigan ish haqi saqlanmaydigan ta’tillar vaqti kiritilmaydi .

 

Ish yili davomida foydalanilgan «ish haqi saqlanmaydigan» ta’til kunlarining umumiy soni 2 haftadan oshmasligi kerak. 14 kalendar kundan oshgan bunday ta’til kunlari mehnat ta’tili olishga huquq beruvchi ish stajiga kiritilmaydi. Aynan shu kunlar soniga ish yilining tugash sanasi suriladi.

 

Davomini kadrovik.uz da oʻqing.