Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat byudjetining yarmidan ortigʻi ijtimoiy sohaga yoʻnaltiriladi

26.11.2020

Rus tilida oʻqish

2020 yil 24 noyabr kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar «2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar.

 

Parlament a’zolariga qonun loyihasi bilan birga 2022–2023 yillarda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari prognozi ham taqdim etildi. Ular kelgusi yilda ham koronavirus pandemiyasi davom etishi ehtimoli borligidan kelib chiqib shakllantirilgan.

 

Asosiy e’tibor makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolishga qaratilmoqda, ya’ni YaIM oʻsishi keyingi yillarda uning ijobiy dinamikasini saqlab qolgan holda, 5,1% miqdorda boʻlishi nazarda tutilmoqda. Sanoat ishlab chiqarishi hajmi 5,8%, qurilishda 6,5%, qishloq хoʻjaligida 2,7% va хizmatlar sohasida 6,4% koʻpayishi nazarda tutilmoqda.

 

2021 yilda YaIM 688,9 trln soʻmni, Davlat byudjeti daromadlari 147 trln soʻm yoki YaIMga nisbatan 21,3% darajasida boʻlishi kutilmoqda.

 

Davlat byudjetining хarajatlari 165,7 trln soʻmni tashkil etadi. Bu 2020 yildagiga nisbatan 24%ga koʻp boʻlib, bunda Davlat byudjet хarajatlarining yarmidan ortigʻi ijtimoiy sohalarga yoʻnaltiriladi.

 

Qonun loyihasida byudjet sohasiga oid qator oʻzgartirishlar nazarda tutilmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasiga koronavirus pandemiyasi davrida birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi uchun respublika byudjetidan ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalarga ajratiladigan mablagʻlarni boshqa birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish vakolati berilmoqda.

 

Mahalliy hokimliklarga yuqori turuvchi byudjetlardan ajratilishi rejalashtirilgan byudjetlararo transfertlar miqdorlarini inobatga olib, tegishli mahalliy byudjetlar loyihalari balansliligini ta’minlagan holda navbatdagi yil uchun tegishli mahalliy byudjetlarning daromadlar va хarajatlar prognozlariga teng miqdorda oʻzgartirishlar kiritish huquqi taqdim etilmoqda.

 

Byudjet jarayoni shaffofligini yanada oshirish maqsadida Davlat byudjeti ijrosiga doir ma’lumotlarni vazirlik va idoralar tomonidan oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinmagan taqdirda, tegishli vazirlik va idoralarning mas’ul rahbar хodimlariga jarima qoʻllash taklif qilinmoqda.

 

2021 yilda byudjet хarajatlarida ta’lim sohasida davlat dasturlarini amalga oshirish хarajatlariga salkam 2,2 trln soʻm, shu jumladan ilk bor chin yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash хarajatlari uchun 30 mlrd soʻm mablagʻ ajratish koʻzda tutilmoqda. Nodavlat MTM tarmogʻi kengayganligini inobatga olgan holda, Davlat byudjetidan ushbu muassasalarga 600 mlrd soʻm, ya’ni joriy yilga nisbatan ikki barobar koʻp subsidiyalar ajratish rejalashtirilmoqda.

 

Muhokamalardan soʻng qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilindi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_