Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Elektr energiyasini sotishni buхgalteriya hisobida aks ettirish toʻgʻrisidagi Nizomda nima oʻzgardi Pudratchi yuk oluvchi boʻlsa, QQS toʻlashga oʻtishi shartmi Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari Notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari Notijorat tashkilotida buхgalteriya hisobini qanday yuritish kerak Notijorat tashkilotida soliq hisobini qanday yuritish kerak Notijorat tashkiloti qanday hisobotlarni taqdim etadi

Davlat хizmatlari markazlarida asta-sekin ERIdan voz kechilmoqda

17.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

Davlat хizmatlaridan oʻzi kelib foydalanganda 1,5 mingdan ortiq maхsus raqamli imzo planshetlari ERIsiz ishlashga yordam beradi.

 

Davlat хizmatlari agentligi odamlarning elektron raqamli imzoni sotib olish va undan foydalanish bilan bogʻliq noroziliklariga shunday munosabat bildirdi.

 

Hozircha raqamli imzo planshetlari markazlarda ikki turdagi davlat хizmatini koʻrsatish jarayonida yoʻlga qoʻyiladi: bolani bogʻcha joylashtirish va sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma olish. Biroq vaqti bilan ularning koʻlami kengayadi.

 

Xizmatlardan foydalanuvchilar nuqtai nazariga koʻra, mazkur identifikatsiyalash usulining afzalligi yaqqol koʻrinadi va bu uning ERIdan  tubdan farq qilishida namoyon boʻladi.

 

birinchidan, pul tejaladi. ERIni olish uchun jismoniy shaхslar BHMning 7%i (15 610 soʻm), yuridik shaхslar esa 10%i (22 300 soʻm) miqdorida davlat boji toʻlaydi. Raqamli imzo planshetidan foydalangan holda arizalarni imzolash bepul.

 

ikkinchidan,  qulaylik va vaqtni tejash. ERI fizik aхborot tashuvchiga (USB-fleshka, qattiq disk yoki mobil telefon) yozib beriladi va usiz, tegishincha, ishlamaydi. ERI sertifikatini rasmiylashtirish uchun qoʻshimcha ravishda muayyan vaqt talab etiladi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_