Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi fuqarolarga ma’lum qiladiki, 2016 yil 1 aprelgacha Toshkent shahridagi barcha tuman soliq inspeksiyalari dam olish kunlarisiz ishlaydi.
Daromadlari toʻgʻrisida deklaratsiya topshiradigan ishlovchi soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish hamda boshqa soliqqa doir masalalarni hal qilish uchun hududiy soliq inspeksiyalari begim kunlari oʻz ish kunlarini ikki soatga uzaytiradi. Dam olish kunlari ham koʻrsatilgan davr ushbu organlar uchun ish vaqti boʻladi.
Biz avval fuqarolarning qanday daromadlariga deklaratsiya asosida soliq solinishi, shuningdek qanday shakl boʻyicha soliq organlari oldida hisobot topshirish mumkinligi haqida yozgandik.
Eslatib oʻtamiz, daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etishdan boʻyin tovlash, deklaratsiyani oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin notoʻgʻri ma’lumotlarni taqdim etish Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 174-moddasi uchinchi qismiga muvofiq jarima solinishiga sabab boʻladi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi” AQTda tanishish mumkin.
Soliq toʻlovchilarga shuni ham eslatib oʻtish joizki, 2016 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq shkalasining ikkinchi stavkasi 1%ga pasaytirilgan. Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” Qarori (22.12.2015 yildagi PQ-2455-son) bilan u 7,5% miqdorida belgilangan.
Mavzu boʻyicha materiallar:
Oʻzbekistonlikdan olinadigan soliqlar