Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

JShDS stavkasi pasayadi. Bundan kim foyda koʻradi?

29.12.2015

Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi shkalasining ikkinchi stavkasi 1 foizga pasayadi. 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab, Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” Qarori (22.12.2015 yildagi PQ-2455-son) bilan u 7,5% miqdorida belgilandi..

 

Eslatib oʻtamiz,  4 pogʻonali soliq solish shkalasi 2015 yil 1 yanvardan boshlab joriy qilingan (2014 yilda – uch pogʻonali). U 1 EKIHgacha boʻlgan daromadlarga nol stavka, 1 dan 5 EKIHgacha daromadlarga  eng kam stavka, 5 dan 10 EKIHgacha daromadlarga oʻrtacha stavka hamda 10 EKIHdan ortiq daromadlarga eng yuqori stavka belgilanishini koʻzda tutadi.

 

Soliq solishning yangi shkalasiga binoan eng kam stavka 8,5 dan 7,5% gacha pasayadi. Stavkalarning pasayishidan, birinchi navbatda, Soliq kodeksiga muvofiq eng kam stavka boʻyicha soliq solinadigan daromadlar oladiganlar yutadi. Bu:

 

mol-mulkni ijaraga berishdan;

 

baland togʻli, choʻl va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun;

 

vaqtinchalik qishloq хoʻjaligi ishlarini bajarganlik uchun;

 

jismoniy shaхslardan tekin olingan ulushlar, paylar va aksiyalar tarzida olingan;

 

jismoniy shaхslarga хususiy mulk huquqida tegishli boʻlgan koʻchmas mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar.

 

Biroq soliq solinadigan daromadlarga ega qolgan jismoniy shaхslardan  ham kamroq soliq ushlab qolinadi, chunki uni, masalan, oʻrtacha yoki eng yuqori stavkalarda hisob-kitob qilishda ham nol stavka, ham eng kam stavka hisobga olinadi. Bu degani, shkalaning kamroq eng kam stavkasi soliq toʻlovchilarning barcha toifalari uchun ijobiy ta’sir koʻrsatadi hamda daromad soligʻining real stavkasi doim  nominal (shkala boʻyicha) stavkasidan past boʻladi.

 

Ekspert bahosiga koʻra JShDS eng kam stavkasining pasayishi aholi daromadlarini 230 mlrd soʻmdan ortiq oshirish va ayni vaqtda oʻrtacha darajadagi daromadlarga ega soliq toʻlovchilar uchun soliq yukini 6,2 dan 5,5% ga pasaytirish imkonini beradi.

 

JShDSning oʻrtacha va eng yuqori stavkalari miqdorlari 2016 yilda oldingidek qoldi – 17 va 23%.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

Irina AXMETOVA,

nash ekspert.