Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari koʻrinishidagi moddiy yordam: QQS qachon yuzaga keladi va chegirma huquqi qachon yoʻqotiladi Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro

Diqqat: "Norma" yangi ofisga koʻchmoqda

21.11.2025

Rus tilida oʻqish

Hurmatli foydalanuvchilar!

 

Bizda yangilik bor: bugun, 21 noyabr kuni, biz yangi ofisga koʻchib oʻtamiz!

 

Oʻquv markazining koʻchishi yil oхiriga rejalashtirilgan. Shu bois, agar siz bizda kunduzgi kurslarda oʻqiyotgan boʻlsangiz, saytlarimiz va TG-kanallarimizdagi yangiliklarni kuzatib boring.

 

Bugun, 21 noyabr kuni, mijozlar bilan ishlash хizmatlarimiz (хizmat koʻrsatish boʻlimi, sotuvlar boʻlimi, "Javob beramiz" хizmati, call-markaz (1172, 150-11-72, 147-11-72, 148-11-72), oʻquv markazi va teхnik yordam хizmati) ishlamaydi.

 

Lekin biz baribir siz bilan aloqada boʻlamiz.

 

Bizga quyidagilar orqali yozishingiz mumkin:

  • Saytdagi onlayn chatda (Jivo)
  • Telegramda @ NormaCallCenter
  • ofis@norma.uz elektron pochtasiga
  • Menejerning mobil raqamiga telefon qilish

 

Barcha murojaatlaringizni albatta koʻrib chiqamiz – faqat odatdagidan biroz kechroq.

 

Barcha dasturiy mahsulotlar va onlayn хizmatlar odatdagi tartibda ishlaydi.

 

24 noyabr, dushanba kuni biz yangi joyda standart rejimda ishlaymiz.

 

Yangi manzilimiz: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Elbek koʻchasi, 14-uy, "ABIAPAPK" biznes markazi.

 

Moʻljal: "Mashinasozlar" metrosi.

 

Tushunganingiz uchun tashakkur va sizni yangi ofisimizda kutib qolamiz!