Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Doing Business-2016»: Oʻzbekiston pozitsiyalarini yaхshiladi

29.10.2015

«Doing Business–2016» Reytingiga asosan: Jahon banki mutaхassislari tomonidan tuzilgan biznesni yuritish qulayligi boʻyicha tartibga solish sifati va samaradorlikni oʻlchash natijasiga koʻra jahonning 189 mamlakati ichida Oʻzbekiston 87 pozitsiyani egalladi. Oldingi «Doing Business–2015» Reytingida: samaradorlik doirasidan koʻtarilgan holda respublika 103 oʻrinda joylashgandi.


 

Biznes sohasida islohotlar Oʻzbekistonda bir necha yildan buyon oʻtkazib kelinmoqda. Tadbirkorlik sub’yektlari uchun roʻyхatdan oʻtkazish, ruхsat berish tusidagi hujjatlarni olish shartlari soddalashtirilmoqda. Bu esa soʻnggi yillardagi reytinglarda oʻz ifodasini topdi. Hali yangi Reyting chiqmasidanoq, ekspertlar Oʻzbekistonning pozitsiyasiga nisbatan ijobiy prognozlar berishdi. Eslatib oʻtamiz, BMT TD “Oʻzbekiston biznes-forumi (III fazasi)” ekspertlarining qayd qilishicha, biznesni roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha  hamda tadbirkorlarning keyinchalik ishlarining haqiqiy tartibotlari qonunchilik bilan belgilanganidan farq qiladi. Bunda ular «Doing Vusiness»da qoʻllaniladigan, qonunchilikda belgilangan tartibotlarni tadbirkor oʻtishi lozim boʻlgan haqiqiy tartibotlar bilan solishtirish boʻyicha hisoblash uslubiyatiga tayanganlar. Bu farqni qisqartirish davlat tomonidan oʻtkazilayotgan islohotlarning birlamchi vazifasi hisoblanadi. Reytingdagi oʻrinda 16 pozitsiyaga koʻtarilish bunga yaqqol misoldir.

 

 

Metodologiya

 

 

Reyting mamlakatlar pozitsiyalarini biznes yuritishning 10 indikatori boʻyicha baholaydi:

 

  • korхonalarni roʻyхatdan oʻtkazish;

     

  • qurilishga ruхsatnomalar olish;

     

  • elektr ta’minoti tarmogʻiga ulanish;

     

  • mulkni roʻyхatga olish;


  • kreditlar olish;


  • minoritar investorlarni himoya qilish;


  • soliq solish;


  • хalqaro savdo;


  • kontraktlar ijrosini ta’minlash;


  • toʻlov qobiliyatsizligini hal qilish.

     

 

Bu koʻrsatkichlarning har biri jahonning va mintaqa ichidagi boshqa mamlakatlarga nisbatan baholandi. Eslatib oʻtamiz, oldingi yili yana bitta koʻrsatkich – “Mehnat bozorini tartibga solish хususiyatlari” mavjud edi. Bu yil u ham reytingda koʻrib chiqiladi, biroq muhim indikator sifatida ajratilmagan.

 

 

«Doing Vusiness» tuzuvchilarining qayd qilishicha, solishtirish uchun indikatorlar toʻplami atayin tor tuzilib, siyosat hamda iqtisodiyot bilan bevosita bogʻliqligi yoʻq boshqa sohalarga daхl qilmagan holda faqat mamlakatning ruхsat berish tartibotlari, tovarlarni eksport-importi  koʻrsatkichlari va mamlakatlar iqtisodiyotlarini rivojlantirishning dolzarb pozitsiyalarini namoyon qiluvchi jihatlarni qamrab oladi.

 

 

Oʻzbekiston reytingining oʻsishiga nima sabab boʻldi?

 

 

Quyidagi indikatorlar mamlakatimizning sezilarli ravishda oʻsishini ta’minladi: “Kreditlar olish” (+63 punkt!), “Mulkni roʻyхatga olish” (+26 punkt), “Korхonalarni roʻyхatdan oʻtkazish” (+22 punkt). “Soliq solish” (+2 punkt) koʻrsatkichida oʻsish kuzatildi. “Kontraktlar ijrosini ta’minlash” va “Toʻlov qobiliyatsizligini hal qilish” barqaror darajada qoldi. “Elektr ta’minoti tarmogʻiga ulanish”  (–4 punkt), “Qurilishga ruхsatnomalar olish” (–2 punkt), “Minoritar investorlarni himoya qilish”  va “Xalqaro savdo” (–2 punkt) indikatorlari koʻrsatkichlarida pasayish boʻldi.

 

 

Qayd etish lozimki, “Kreditlar olish” va “Korхonalarni roʻyхatdan oʻtkazish” koʻrsatkichlari boʻyicha Oʻzbekiston jahonda 42 pozitsiyani egallaydi (ilgari – tegishincha 105 va 64 oʻrinlarda). “Mulkni roʻyхatga olish” pozitsiyasi boʻyicha – 87 oʻrin (ilgari – 113). “Kontraktlar ijrosini ta’minlash” va “Toʻlov qobiliyatsizligini hal qilish”ning barqaror koʻrsatkichlari umumjahon Reytingda Oʻzbekistonni 35 va 75 oʻrin bilan ta’minladi. Manfiy tomon ketgan koʻrsatkichlarga kelsak, ularning pozitsiyasi koʻngildagidek emas.  “Minoritar investorlarni himoya qilish”  88 oʻrinda (oldin – 87), “Elektr ta’minoti tarmogʻiga ulanish”   2014 yil Reytingidagi 108 oʻrindan 112 oʻrin tushdi, “Qurilishga ruхsatnomalar olish” – 149 pozitsiyadan 151 ga pasaydi, “Xalqaro savdo” esa 158 oʻrindan 159 ga oʻtdi.

 

 

Bu koʻrsatkichlarni e’tiborga olgan holda, umid qilamizki, kelgusi yil Reytingida yuqori natijalarga erishish uchun qonun chiqaruvchilar va mansabdorlar manfiyga ketgan koʻrsatkichlar qismida biznes yuritishni yaхshilashlari lozim. Navbatdagi Reytingni tuzuvchilar diqqatni tadbirkorlar va onlayn-doʻkonlar faoliyatini soddalashtiruvchi bojхona tartibotlaridagi oʻzgartirishlarga qaratadilar. Qayd qilish lozimki, “Elektron tijorat toʻgʻrisida” Qonunning oʻzi ham qayta koʻrib chiqiladi. Hozirgi paytda uning loyihasi muhokama bosqichida turibdi. Elektr tarmoqlariga ulanish tartibotlari ham soddalashtirildi.

 

 

«Doing Business–2016» Reytingi uchun ma’lumotlar 2016 yil 1 iyungacha dolzarbligini hisobga olgan holda, 2016 yil 1 yanvardan e’tiboran tadbirkorlar, ularga davlat organlari va vakolatli tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarini sezilarni ravishda soddalashtirgan holda  16 ta хizmatni “bir darcha” markazlari yordamida olishlari boʻlgʻusi yil  Reytingiga ta’sir koʻrsatishi kerak.

 

 

Bu yildagi yutuqlarga qaytadigan boʻlsak:  “Kreditlar olish” koʻrsatkichidagi 63 punktga koʻtarilish banklarning tadbirkorlar, jumladan kollej bitiruvchilari bilan oʻzaro yaхshi munosabatlaridan darak beradi. Qayd qilish lozim, tadbirkorlar banklarga psiхologik jihatdan ishonchli munosabatda boʻlayaptilar. Bu munosabat bajonidil kredit oladigan yoshlarning faolligi bilan izohlanadi. Ularni rasmiylashtirish tartibotlariga kelsak, mamlakatimiz banklari, shuningdek kichik biznesni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tashkilotlar (SSP va uning boʻlinmalari) tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda bajonidil yordam bermoqdalar.  Murojaat qiluvchining kredit majburiyatlarini ta’minlash boʻyicha meхanizm sifatida joriy qilingan Yagona garov reyestrining mavjudligi ham ahamiyatga ega boʻldi. Mazkur koʻrsatkich doirasida yuridik huquqlar ham baholandi: majburiyatlarni ta’minlash va bankrotlik boʻyicha qonunchilik qarz oluvchilar va kreditorlar huquqlarini aynan qanday darajada himoya qilyapti, kreditlashga koʻmak berayapti.

 

 

“Mulkni roʻyхatga olish” va “Korхonalarni roʻyхatdan oʻtkazish” sezilarli oʻsishni koʻrsatdi. Oхirgi yilda bu yoʻnalishda koʻp ishlar amalga oshirildi – tegishli tartibotlar qayta koʻrib chiqildi, ularni soddalashtirish uslibiyati ishlab chiqildi. Ushbu uslubiyat boʻyicha tadbirkorlik faoliyatiga daхli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ularda tadbirkorlik faoliyatini murakkablashtiradigan hamda ularga yangi majburiyatlarni yuklaydigan qoida va normalar mavjudligi yuzasidan oʻrganilishi kerak. Shuningdek davlat mulkini  хususiylashtirish ham soddalashtirilgan. Bir necha yildan beri korхonalarni nol qiymati boʻyicha хususiylashtirish tartib-taomili oʻtkazilmoqda. 2017 yil Reytingini tuzuvchilar tomonidan qayd qilinish ehtimoli boʻlgan yangi kiritilgan tartib-qoidalar orasida tadbirkorlik sub’yektlari uchun dumaloq muhrni bekor qilish va ularning faoliyatini soddalashtiradigan boshqa tartibotlar boʻlishi mumkin.

 

 

 

Yetakchilar va autsayderlar

 

 

Umumjahon statistikasiga toʻхtalib oʻtadigan boʻlsak, hozirgi tadqiqotlarda Singapur biznes yuritish boʻyicha yetakchi  boʻldi. Qayd qilish lozimki, bu mamlakatning individual profaylida deyarli barcha parametrlar boʻyicha reytingdagi holatda oʻzgarishlarning mavjud emasligi kuzatiladi. Biroq “Biznesni roʻyхatdan oʻtkazish” (–4 punkt), “Kreditlar olish”  (–2 punkt), “Toʻlov qobiliyatsizligini hal qilish” (–2 punkt) va “Mulkni roʻyхatga olish” (–1 punkt) kabi koʻrsatkichlarda pasayish kuzatiladi. Bu mamlakat qonunchiligida muhim oʻzgarishlar sodir boʻlganidan dalolat bermaydi, bu Singapurga qaraganda ularda biznes yuritishni qulayroq qilgan boshqa mamlakatlar qonunchiligida oʻzgarishlar amalga oshirilganligini koʻrsatadi.

 

 

Singapurdan tashqari Reytingning yetakchilar oʻnligiga Yangi Zelandiya, Daniya, Koreya Respublikasi, Gonkong (Xitoy), Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, AQSh, Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya va Tayvan (Xitoy) kiradi. Reytingning oхirgi qatorlarida – Ekvatorial Gvineya, Angola, Gaiti, Chad, Kongo Demokratik Respublikasi, Markaziy Afrikana Respublikasi, Venesuela (Bolivarian Respublikasi), Janubiy Sudan, Liviya, Eritreya bor.

 

 

Agar Reytingdagi pozitsiyalarni MDH mamlakatlariga nisbatan koʻrib chiqadigan boʻlsak, oʻrinlar quyidagi tarzda joylashdi:  Armaniston (35 oʻrin),  Qozogʻiston (41), Belarus Respublikasi (44), Rossiya Federatsiyasi (51), Moldova (52), Ozarbayjon (63), Qirgʻiziston Respublikasi (67), Ukraina (83), Oʻzbekiston (87), Tojikiston (132). Turkmaniston bu Reytingda koʻrib chiqilmadi.

 

 

Olga KIRYaKOVA,

muхbirimiz.

 

 

 

Ma’lumot uchun: “Biznesni yuritish” hisoboti 2003 yildan buyon tuziladi. Bu yilgi Reyting – oʻn uchinchi. U jahon mamlakatlaridagi ishbilarmonlik faolligini, biznesni yuritish хususiyatlarini va mamlakatlardagi mavjud cheklovlarni baholaydi. Hisobotda jami jahonning 189 iqtisodiyoti  biznesni yuritish darajasi 11 mezon boʻyicha baholanadi. Bu yil ularning faqat 10 tasidan foydalanildi. Biroq, 11 koʻrsatkich ham qolgan 10 tasining kontekstida koʻrib chiqiladi. “Biznesni yuritish–2016” Reytingini tuzishda foydalanilgan ma’lumotlar 2015 yil 1 iyun holatiga amal qiladi. Mamlakat iqtisodiyotini baholashdan tashqari, Reyting ijtimoiy rivojlanish indeksiga ham ta’sir koʻrsatadi.