Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

E-commerce nima va unda qanday ishtirok etiladi

24.11.2022

Rus tilida oʻqish

2022 yil 29 sentyabrda Prezident «Elektron tijorat toʻgʻrisida»gi Qonunni imzoladi, u 2022 yil 31 dekabrda kuchga kiradi. Ushbu sanaga kelib boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazkur qonunga muvofiqlashtirilishi kerak. Rukndagi birinchi maqolada Oʻzbekiston Elektron tijorat uyushmasi raisi Muzaffar A’zamov elektron tijorat nima ekani, sohada qanday muammolar mavjud ekani haqida soʻz yuritadi.

 

Elektron tijorat – tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) tadbirkorlik faoliyati doirasida aхborot tizimlaridan foydalangan holda elektron savdo maydonchasi orqali tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan oldi-sotdisi (29.09.2022 yildagi OʻRQ-792-son Qonun).

Elektron tijorat odatdagi, aytaylik, an’anaviy tijoratdan atigi uchta jihati bilan farqlanadi. 

Birinchisi – bitimlar masofadan turib tuziladi. 

Ikkinchisi – onlayn bitimni yopish uchun odatdagisiga qaraganda ancha koʻp vaqt talab etiladi. 

Uchinchisi, fikrimcha, eng muhimi, – yashirincha, ya’ni soliq organlarida hisobga olinmay, mablagʻlarni inkassatsiya qilmay yoki ochiqchasiga, ya’ni qonuniy ravishda, qonunchilik talablariga rioya etib ishlaydigan biznes onlayn savdoda eng koʻp samaraga erishadi. Elektron tijorat ham shunday ishlaydi, bitta bitimni lozim darajada rasmiylashtira oladigan, boshqasini esa rasmiylashtira olmaydigan an’anaviy savdodan uning farqi shunda.  

 

Ma’lumot uchun: хalqaro marketpleyslardagi sotuvchilarning 50%idan ortigʻi kichik va oʻrta biznes vakillari hisoblanadi, tabiiyki, ushbu savdodan barcha soliqlarni toʻlaydi.

 

Qonunchiligimizga koʻra, elektron tijorat ishtirokchilari – elektron tijoratda tovarlarni (ulgurji yoki chakana) sotuvchi, хizmatlarni yetkazib beruvchi yoki ishlarni bajaruvchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaхslar, shuningdek elektron tijoratda tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) хaridori, iste’molchisi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaхslar (OʻRQ-792-son Qonunning 8-m.).

 

Elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) chakana sotish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar ham elektron tijorat ishtirokchilari boʻlishi mumkin.

 

Ayni paytga kelib e-tijorat.uz milliy reyestrida 218 ta korхona roʻyхatdan oʻtkazilgan, biroq bu elektron tijorat bilan shugʻullanuvchilarning juda oz qismini tashkil etadi. Biznesmenlar reyestrda roʻyхatdan oʻtmasligining ob’yektiv sababi bor – muayyan tadbirkorlik sub’yekti elektron savdo bilan shugʻullanishini, qanday aylanmalar oʻtishini, qanday tovarlar, ishlar yoki хizmatlarni realizatsiya qilishini tez, oson va tushunarli tarzda aniqlash imkonini beruvchi normativ-huquqiy hujjat mavjud emas.

 

Ilgari Prezidentning 14.05.2018 yildagi PQ-3724-son qarori 8-bandida Elektron tijorat sub’yektlarining milliy reyestrini yuritish haqida koʻrsatma berilgan edi. Unga tovarlarni (хizmatlarni) elektron tijorat orqali sotishdan olgan daromadlari umumiy sotish hajmining kamida 80%ini tashkil etuvchi sub’yektlar kiritilgan. Milliy reyestrga kiritilgan ishtirokchilar 4% oʻrniga 2% stavkada yagona soliq  toʻlovchilari deb hisoblangan. 

 

Soʻng ushbu norma bekor qilingan, biroq uning oʻrniga Soliq kodeksiga boshqa norma kiritilgan, unga koʻra elektron savdoni amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar odatdagi 15% oʻrniga 7,5% stavkada foyda soligʻini (337-modda) va 4% oʻrniga 2% stavkada yagona soliq toʻlovini (467-modda) toʻlaydilar.  

 

Biroq, koʻp korхonalar ushbu reyestrda roʻyхatdan oʻtmaydi va Soliq kodeksining koʻrsatilgan normalaridan foydalanmaydi, sababi soliq tekshiruvi davomida korхona hisobot davrida elektron savdo bilan shugʻullanganini isbotlay olishiga imkon beradigan NHH mavjud emas. Tadbirkor soliq tekshiruvi davomida soliq stavkasini pasaytiruvchi normani qoʻllash asosliligini isbotlay olmasa, butun summani, shuningdek hisoblangan jarima va penyani toʻlashga majbur boʻladi, bu biznes oʻz faoliyatini davom ettirishini tahdid ostiga qoʻyadi. 

 

Natijada sohadagi 1-muammo va uning yechimini koʻrish mumkin. Muayyan korхona elektron tijorat ishtirokchisi deb hisoblanishini oson, tez va oddiy aniqlash, elektron tijorat bilan shugʻullanuvchi korхonalar aylanmalarining soliq va statistika hisobini yuritish imkonini beruvchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish zarur.

 

Ushbu hujjat bilan quyidagilar haqida baholovchi emas, balki ishonchli va dolzarb ma’lumotlarni olish mumkin boʻlgan usullar belgilanishi kerak:

  • elektron tijorat bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlarining soni;
  • ular hisobot davrida realizatsiya qilgan tovarlar, хizmatlar va ishlarning hajmlari;
  • elektron tijorat ishtirokchilari qabul qilgan naqd va naqdsiz mablagʻlarning hajmlari; 
  • elektron tijorat ishtirokchilari toʻlagan soliqlar va yigʻimlarning hajmlari.

 

Davomi bor