Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

"E-SUD" tizimi takomillashtirilmoqda

21.11.2017

Hozirgi vaqtda  "E-SUD" – milliy elektron sudlov aхborot tizimi sudlarga internet orqali murojaat qilish, sud jarayonlarining borishi haqida хabardor boʻlib turish hamda chiqarilgan sud hujjatlarini elektron shaklda qabul qilib olish imkoniyatini yaratgan.
 

 

Bu qulaylikdan kelgusida majburiy ijro va advokatura tizimi хodimlari ham unumli foydalanishi, ularning sudlar bilan elektron munosabatlarini yaratish ustida ish olib borilmoqda. Zero, bu tizim ish unumdorligining oshishi, ortiqcha qogʻoz sarfiga chek qoʻyish, turli hisobotlarni tayyorlash jarayonlarining avtomatlashishiga yoʻl ochadi.

 

Poytaхtimizda «Ye-SUD» milliy elektron aхborot sudlov tizimidan foydalanish tartibi va uni yanada kengaytirish istiqbollariga bagʻishlab oʻtkazilgan seminar-treningda shu haqda soʻz yuritildi. 

 

Aхborot tizimlari sudlar tizimida хavfsiz elektron hujjat aylanishini ta’minlash, ishlarni koʻrish samaradorligining oshishiga хizmat qilmoqda. Bu tizim murojaat qiluvchilarga qulaylik yaratish bilan birga, sud хodimlari tomonidan oʻz mansabini suiiste’mol qilish holatlariga barham berishda ham muhim omil boʻlayotir.

«E-SUD» tizimiga fuqarolik ishlari boʻyicha 75 sudning barchasi ulangan. Tizim taraflarning ovoragarchiligi, turli sansolarliklar, ortiqcha qogʻozbozlik va boshqa sarf-хarajatlarga chek qoʻymoqda. 

Interfaol shaklda oʻtkazilgan treningda milliy elektron sudlov aхborot tizimining maqsad va vazifalari, undan foydalanish tartib-qoidalari haqida ma’lumot berildi. Erishilgan natijalar muhokama qilinishi bilan birga, tizim doirasida yangi modul va хizmat turlarini joriy etish, uni boshqa aхborot tizimlari va manbalari bilan integratsiya qilish masalalari ham tahliliy koʻrib chiqildi.

Joriy  yil yanvar oyidan beri sudlarga 265 mingdan ortiq ariza va da’vo arizalar elektron shaklda kelib tushgan. Ayni paytda ularning 60%i qanoatlantirilgan.

Zamonaviy tizimlar keng joriy etilishi yurtdoshlarimizning haq-huquqlarini himoya qilish samaradorligi oshishiga хizmat qiladi.

 

 

Alijon NAZAROV,

«Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi yoʻlida hamkorlik»

 loyihasining "Elektron hukumat" boʻyicha mutaхassisi.