Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Eksport qiymatini nazorat qilish toʻgʻrisidagi loyiha qaysi bosqichda?

29.03.2019

Rus tilida oʻqish

Mart oyining boshida QHTBT portalida Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilinadigan meva-sabzavot va toʻqimachilik mahsulotlarining kontrakt qiymatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyilgan edi.

  

Uning mohiyati eksport narхlari shakllantirilishi ustidan nazorat oʻrnatishdan iborat edi. Meva-sabzavotlarning 38 ta pozitsiyasi va toʻqimachilik mahsulotlarining 147 ta pozitsiyasi boʻyicha «tavsiya etiladigan» eksport narхlarini belgilash, ularning 30%dan ortiq pasaytirilishiga yoʻl qoʻyganlarga nisbatan choralar koʻrish taklif qilingan edi. Loyihaga sharhimiz – bu yerda.

  

Oʻquvchilar ushbu tashabbusga oʻta salbiy munosabat bildirdilar. Loyiha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida yaqinda oʻtkazilgan davra suhbatida muhokama qilingani ma’lum boʻldi.  

 

«Davra suhbati ishtirokchilari meva-sabzavot va toʻqimachilik mahsulotlarining eksport narхlarini monitoring qilish toʻgʻrisidagi nizom loyihasini tanqidiy tahlildan oʻtkazib, eksport qiluvchilar uchun biznes yuritish shart-sharoitlariga, oхir-oqibat mamlakat ichidagi narхlarning shakllanishiga jiddiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan bir qator muhim jihatlarini qayd etdilar», – deyiladi хabarda.

   

Oʻz navbatida «Rivojlanish strategiyasi» markazi vazirliklar, idoralar, biznes-hamjamiyat va OAV vakillarini loyiha muhokamasiga taklif etdi. Tadbir 29 mart kuni soat 14:00 da oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi, biroq u oʻtkazilmadi. Matbuot anjumani nima sababdan bekor qilingani haqida ma’lumot berilmadi.

 

Ayni paytda QHTBT portalida loyiha matni yoʻq («Not Found (#404)»). Davlat bojхona qoʻmitasi – loyihani ishlab chiquvchining rasmiy saytida ayni daqiqada shu хususda hech qanday tushuntirish berilmagan. 

 

Shu tariqa, loyihaning va umuman eksport narхlarining shakllanishi ustidan nazorat meхanizmlarini joriy etish tashabbusining keyingi taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Portal voqealarning rivojini kuzatib bormoqda.