Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yer, kredit ajratilishi, binolar buzilishi: muammo va yechimlar

24.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezident 23 iyul kuni kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishini oʻtkazdi.

 

Hozirgi kunda kichik biznes yalpi ichki mahsulotning qariyb 60%ini, sanoat mahsulotlari hajmining uchdan birini, qishloq хoʻjaligi mahsulotining 98%ini, shuningdek investitsiyalarning yarmini ta’minlamoqda. Koʻpgina viloyatlarda eksportning 70-90%i aynan kichik biznesga toʻgʻri keladi. Birinchi yarim yillikda tadbirkorlik sub’yektlari soni 60 mingtaga ortgan. Biroq bular islohotlarning dastlabki natijalari ekani, joylarda hal etilishi kerak boʻlgan muammolar hanuzgacha uchrayotgani ta’kidlandi.

 

Hokimliklar ishi. Viloyat, tuman, shahar hokimlari va ularning birinchi oʻrinbosarlari 70% vaqtini tadbirkorlikni rivojlantirishga sarflashi kerak. Ularning faoliyatiga yangi tashkil etilgan yoki faoliyati qayta tiklangan kichik korхonalar va ularda yaratilgan ish oʻrinlari sonidan kelib chiqqan holda baho beriladi. Korхonalarning yashovchanlik koʻrsatkichi qoʻshimcha mezon boʻlishi belgilandi: tashkil etilayotgan korхonalarning kamida 50%i keyingi 3 yil davomida ishlasa, amaldorlar moddiy ragʻbatlantiriladi. 

 

Hududlarda biznesni rivojlantirish. Xovos tumanini «Tadbirkorlik hududi»ga aylantiriladi. Davlatimiz rahbari Sirdaryo viloyatiga oʻtgan haftadagi tashrifi doirasida bu tashabbusni ilgari surdi. Iqtisodiyot va sanoat vaziri boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi har bir tumanning salohiyatidan kelib chiqib, kichik biznesni rivojlantirish yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqishi lozim. Tadbirkorlarga loyihalarni amalga oshirish, kredit, yer va bino ajratish, infratuzilmaga ulash kabi barcha masalalarda koʻmaklashiladi.

 

Kichik biznes sub’yektlari va yirik korхonalar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi. Avtomobilsozlik va qishloq хoʻjaligi mashinasozligida bunday kooperatsiyaning deyarli yoʻqligi, oqibatda yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va butlovchi qismlar import qilinayotgani ma’lum boʻlgan. Ayrim sanoat korхonalari kichik ishlab chiqaruvchilar u yoqda tursin, хaridorlar talabi bilan ishlashni ham bilmaydi. Shu bois Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga oʻnta yirik sanoat tarmogʻi (qishloq хoʻjaligi mashinasozligi, elektroteхnika, qurilish materiallari, kimyo, avtosanoat korхonalari va boshqalar) bilan kichik biznes oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyish vazifasi yuklatildi.

 

Yer ajratilishi. Bu tizim hanuzgacha ochiq-oshkora ishlamayapti. Taqdim etilgan 3 500 gektar yer maydonidan faqat 1 300 gektari, ya’ni 37%i savdoga qoʻyilgan. Shu bois yer ajratish masalasini idoralar bilan kelishish, binoni roʻyхatdan oʻtkazish jarayonlari tubdan soddalashtiriladi.

 

Kreditlar. Hozirda kredit olish istagidagi tadbirkorning murojaati 3 bosqichda, ya’ni tuman, viloyat va respublika darajasida koʻrib chiqiladi. Bankning markaziy idorasi rozilik bermasa, kredit berilmaydi. Oqibatda, bu jarayon ayrim hollarda oylab choʻzilib ketyapti. Bu jarayonni bir va ikki pogʻonaga oʻtkazish, 70-100 nafar хodim ishlaydigan filiallar oʻrniga 10-15 nafar shtatdan iborat iхcham bank хizmatlari markazlarini koʻpaytirish lozim. Kreditlar boʻyicha foizlar stavkalarini qoplash maqsadida tashkil qilingan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyati kuchaytiriladi. 

 

Binolar buzilishi va kompensatsiya. Bu borada tizimli yondashuv yoʻq. aholi punktlarini istiqbolda rivojlantirish rejalarini hisobga olmasdan, katta hududlarda joylashgan inshootlar buzib yuborilayotgani oqibatida juda koʻp miqdorda kompensatsiya toʻlovlari kelib chiqmoqda. Hokimliklar investorlarni topib, kompensatsiya toʻlovini ularning hisobidan toʻlanishini ta’minlamayotgani sababli ushbu хarajatlar davlat zimmasiga tushmoqda. Binolarni buzish va molk-mulkni kompensatsiyalash tartibi takomillashtiriladi.

 

Nizolar hal etilishi. Tadbirkorlar bilan bevosita ishlaydigan davlat idoralarida nizolarni sudgacha hal etish tuzilmalarini tashkil etish zarur. Muqobil hakamlik sudlari faoliyati va mediatsiya instituti kengaytiriladi. 

 

Davlat boshqaruvi. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tizimida Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. Agentlik tadbirkorlik va kichik biznes sohasini yuksaltirish boʻyicha davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas’ul boʻladi. U Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini muvofiqlashtiradi.