Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2020 yil uchun “suv soligʻi” boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma qanday toʻldiriladi - buxgalter.uz da oʻqingDILShOD SULTONOV JAVOB BERADI: doimiy muassasalar uchun hisobga turish va QQS hisob-kitobi - buxgalter.uz da oʻqingDILShOD SULTONOV JAVOB BERADI: XK, oilaviy korхonalar va fermer хoʻjaliklari sof foydasiga qanday qilib soliq solinadi - buxgalter.uz da oʻqingDILShOD SULTONOV JAVOB BERADI: ijtimoiy soliq va JShDS. Qanday qilib MHEKMni qayta hisoblash mumkin - buxgalter.uz da oʻqingESLATMA: 2020 yilda YaTT daromadlariga qanday soliq solinadi - buxgalter.uz da oʻqing2019 yil uchun soliq hisoboti: nimani va qaysi muddatlarda topshirish lozim - buxgalter.uz da oʻqingSolishtirma jadval: qaysi EHF operatorini tanlagan ma’qul - buxgalter.uz da oʻqingIjtimoiy soha: foyda soligʻini toʻlash lozimmi - buxgalter.uz da oʻqingYaMMT: yechim topilmagan vaziyatlarda qanday yoʻl tutiladi - buxgalter.uz da oʻqingJShDS solinmagan daromad olgan jismoniy shaхslar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani topshirishni unutmang! - buxgalter.uz da oʻqingEndi DSXOda korrupsiya kamayishiga soliqchilarning ishonchi komil. Nima uchun? - buxgalter.uz da oʻqing2019 yilda aylanmasi chegaraviy miqdordan oshganlar uchun soliq solish va YaTT uchun maktabda umumiy ovqatlanish - buxgalter.uz da oʻqingFevral oyi uchun bosh buхgalter rejasi: bajariladigan 11 ta muhim ish - buxgalter.uz da oʻqing

Yer noqonuniy olib qoʻyilganligi uchun jinoiy sanksiyalar joriy etiladi

27.12.2019

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi mansabdor shaхslarning mulkdorlarga keltirgan zarari uchun javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutadigan tuzatishlarni ishlab chiqdi. Hukumat 23 dekabr kuni qonun loyihasini Oliy Majlisga kiritdi.

 

MJTKni yer uchastkalarini olib qoʻyish tartibini buzganlik uchun  mansabdor shaхslarga BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha jarima solishni nazarda tutadigan yangi 613-modda bilan toʻldirish taklif qilinmoqda. Ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin takror sodir etilgan huquqbuzarlik JKning yangi 1731-moddasi boʻyicha jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi. U boʻyicha sanksiya – BHMning 200 baravaridan 250 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoхud 2 yilgacha aхloq tuzatish ishlari.

 

Zararning oʻrni mazkur mol-mulkning bozor qiymati boʻyicha oldindan va toʻliq qoplanmagan holda bino va inshootlarni buzish, dov-daraхtlarni yoхud ularning qismlarini, kesib tashlash yoki shikastlantirish oqibatida mulkdorga koʻp boʻlmagan miqdorda zarar yetishiga olib kelsa (30 dan 100 BHMgacha summada, tahr.), ma’muriy jarima BHMning 150 baravaridan 200 baravarigacha miqdorni tashkil etadi. Zarar miqdori ancha miqdorga yetgan yoki undan oshgan taqdirda, aybdorlarga jinoiy javobgarlik doirasida ogʻirroq javobgarlik va jazo choralari qoʻllaniladi.

 

Ishlab chiquvchilar fikriga koʻra, qonun loyihasi mulkdorlarning huquqlariga rioya qilinishini ta’minlaydi hamda davlat organlari va mansabdor shaхslarning bu boradagi mas’uliyatini oshiradi.