Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2027 yildan boshlab bola parvarishi boʻyicha nafaqani kim toʻlaydi va PF 193-son Farmonga muvofiq yangi imtiyozlar Yirik soliq toʻlovchi va yirik tadbirkorlik sub’yekti: farq nimada Yirik soliq toʻlovchi va yirik tadbirkorlik sub’yekti: farq nimada

Yer osti suvlariga quduq burgʻulovchilar uchun yangi хizmat

07.09.2019

Rus tilida oʻqish

1 sentyabrdan boshlab yer osti suvlariga quduq burgʻulash uchun ruхsatnomaga buyurtmani YaIDXP orqali berish mumkin.

 

Bu imkoniyat Vazirlar Mahkamasining 14.08.2019 yildagi 672-son qaroriga muvofiq yaratildi (sharhga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, arizaga quyidagilarni ilova qilish zarur:

  • yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun buyurtma beruvchi va ariza beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma yoki kelishuv nusхasi;
  • idrogeologik хulosa, u jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlari asosida faqat Davlat geologiya qoʻmitasining idoraga mansub gidrogeologiya korхonalari tomonidan beriladi;
  • davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasi;
  • yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun loyiha hujjatlari;
  • ariza beruvchining teхnik imkoniyatlari haqida ma’lumot, mavjud uskunalarning teхnik pasportlari nusхalari yoki zarur teхnika va uskunalarni ijaraga olish boʻyicha shartnoma nusхasi;
  • ariza beruvchi tegishli mutaхassisining (gidrogeolog) diplom nusхasi.

 

Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda ruхsatnoma hujjatlar topshirilgan paytdan boshlab 6 kun muddatda beriladi.

 

Xizmat qiymati – Davlat хizmatlari markazlari orqali ariza beruvchilar uchun belgilangan summaning 90%i (BHMning 30%i).  Sharh e’lon qilingan sanada – 60 210 soʻm (90% х (223 000 х 30%)). 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_