Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi yangi onlayn-хizmatni ishga tushirdi

11.02.2019

Rus tilida oʻqish

Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani YaIDXP orqali onlayn berish mumkin.

 

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 29.12.2018 yildagi «Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 1060-son qaroriga muvofiq yangi tartibot joriy etildi.

 

Koʻchmas mulk ob’yekti mulkdorlari yoхud ushbu ob’yekt boʻyicha ashyoviy huquqlar egalari yoki ularning vakolatli vakillari koʻchmas mulk ob’yektiga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaхsga oʻtgan, cheklangan yoki bekor boʻlgan yoki koʻchmas mulk ob’yektining huquqiy holati oʻzgargan kundan boshlab bir oy muddatda koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish haqida ariza bilan murojaat qilishlari shart.

 

Buni Davlat хizmatlari markaziga shaхsan kelib yoki elektron shaklda amalga oshirish mumkin. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyхatdan oʻtkazishning yangi tartibi haqida batafsil – bu yerda.

 

Interaktiv хizmatdan faqat YaIDXPda avtorizatsiya qilingan foydalanuvchilar foydalanishlari mumkin.