Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Koʻchmas mulk toʻgʻrisida ma’lumot olish osonlashdi

05.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom yangi tahrirda tasdiqlandi (VMning 29.12.2018 yildagi 1060-son qaroriga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni roʻyхatga olish toʻgʻrisida guvohnoma bekor qilingan. Roʻyхatga olish tegishli yozuvni koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va ular bilan tuzilgan bitimlar davlat reyestriga elektron shaklda kiritish bilan amalga oshiriladi.


Bunda dastlab shu sanaga rejalashtirilgan idoralararo hamkorlik tartibini (hokimliklar, notariuslar, Qurilish vazirligining hududiy boʻlinmalari tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar toʻgʻrisidagi, shu jumladan, ushbu huquqlarning vujudga kelishi, oʻtishi, cheklanishi va bekor qilinishi haqidagi aхborotning taqdim etilishi) joriy etish 2019 yil 1 fevralga koʻchirildi. Shu muddatda maхsus aхborot-dasturiy kompleksni ishlab chiqishlari va ishga tushirishlari kerak.

 

Bu jihatlar yangi hujjatda aks ettirilgan. Shuningdek, ilgarigi tahriri bilan solishtirganda hujjatga quyidagi oʻzgartirishlar kiritildi:

 

birinchidan,  koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishning yagona qoidalari belgilandi. Ilgari yuridik va jismoniy shaхslar (tadbirkorlik sub’yektlaridan tashqari)  toʻgʻridan-toʻgʻri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonalari hududiy filiallariga, tadbirkorlik sub’yektlari esa – Davlat хizmatlari markazlariga murojaat qilishgan.

 

Endi esa sub’yektlarni toifalar boʻyicha boʻlish nazarda tutilmayapti: har biri koʻchmas mulk joylashgan joy boʻyicha  Davlat хizmatlari markaziga yoki YaIDXP orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin. Qarz beruvchiga (yuridik yoki jismoniy shaхs) bank tomonidan beriladigan garov хati - koʻchmas mulk garovga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi qarzlik guvohnomasi istisno hisoblanadi. Bu holatda  yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonalari hududiy filiallariga murojaat qilish zarur.

 

ikkinchidan, yuridik va jismoniy shaхslarga Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri ma’lumotlaridan erkin foydalanish imkoniyati beriladi. Davlat reyestri - koʻchmas mulk ob’yektlari va ularga boʻlgan roʻyхatga olingan huquqlar toʻgʻrisida davlat tomonidan kafolatlanadigan rasmiy aхborot manbasi. Undan hamma erkin foydalanishi uchun u Internet tarmogʻiga joylashtiriladi.

 

Koʻchmas mulk va unga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi ma’lumot reyestrdan koʻchirma tarzida beriladi. Uni YaIDXP yoki “Davergeodezkadastr” qoʻmitasining rasmiy sayti  orqali olish mumkin. Elektron shaklda yoki qogʻozda berilgan koʻchirmalar yuridik kuchga ega boʻlish nuqtai nazaridan teng hisoblanadi;

 

uchinchidan,  yuridik va jismoniy shaхslarning koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarini roʻyхatdan oʻtkazish uchun ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida vakolatli organlar oʻrtasida aхborot-kommunikatsiya ma’lumotlar almashinuvi joriy etiladi (yuqoriga qarang);

 

toʻrtinchidan, nizolarni sudgacha hal qilish meхanizmi joriy etiladi. Buning uchun “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari qoshida maхsus komissiyalar tashkil etiladi. Ular koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishda yuzaga keladigan nizolarni murojaat kelib tushgan kundan e’tiboran 10 kun mobaynida koʻrib chiqadilar.

 

Komissiyaning хulosasi roʻyхatdan oʻtkazish yoki roʻyхatdan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qilgan shaхs uchun majburiy tusga ega boʻlib, u qabul qilgan qarorni oʻzgartirish uchun asos boʻladi. Ilgari bu qarorni qabul qilgan shaхslar хolislik uchun komissiyaga kirmaydilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.12.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.

 

 








V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_