Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Faoliyatni qanday qilib tiklash mumkin: qadamma-qadam algoritm

18.06.2020

Rus tilida oʻqish

Firma oʻz faoliyatini majburiy ravishda toʻхtatib qoʻygan edi. Biroq hozir ishni tiklash imkoni paydo boʻldi. Yuridik masalalar boʻyicha «Norma» eksperti Albert SAFIN bekor turib qolgan vaqtga qarab faoliyatni tiklashning qadamma-qadam algoritmini tayyorladi: 


1. Firmangiz tugatilgan yoki tugatilmaganini tekshiring

 

Firma faoliyatni amalga oshirmayotganlar toifasiga kiritilganidan buyon kamida 3 yil oʻtgach uni davlat reyestridan chiqarishlari mumkin. Maqomni my.gov.uz va stat.uz saytlaridagi firma STIRi boʻyicha tekshirish mumkin.


2. Firma faoliyatni amalga oshirmayotganlar toifasiga oʻtkazilgan yoki oʻtkazilmaganini tekshiring

 

9 oy davomida hisobraqamingizga pul mablagʻlari kelib tushmagan va siz soliq hisobotini taqdim etmagan boʻlsangiz, firmangiz ushbu toifaga oʻtkaziladi. Maqomingizni Davlat хizmatlari markazida tekshirishingiz mumkin. Tiklash uchun oʻsha yerning oʻzida muassisning firma faoliyatini davom ettirish toʻgʻrisidagi qarorini taqdim etishning oʻzi kifoya.


3. Bank bilan tuzilgan shartnoma hali ham amal qilayotgan boʻlsa, hisobraqamingiz blokirovkalab qoʻyilgan-qoʻyilmaganini bilish uchun soʻrovnoma orqali murojaat qiling

 

Hisobot topshirmagan boʻlsangiz yoki firmangizni koʻrsatilgan manzildan topa olmagan boʻlsalar, ana shunday yoʻl tutishlari mumkin. Hisobraqamni tiklash choralarini koʻring. Ana shu payt ichida soliq hisobotini topshirmagan boʻlsangiz, firmaga jarimalar «ilingan boʻlishi» mumkinligini hisobga oling.


4. Avvalgi shartnoma bekor qilingan boʻlsa, hisobraqam ochish uchun bank bilan yangi shartnoma tuzing

 

Bekor turib qolgan vaqtda toʻlov terminalini topshirib yuborgan boʻlsangiz, uni olish uchun ham shartnoma tuzing.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_