Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fuqarolarning daromadlari oshdi

23.07.2021

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirligi tomonidan «Davlat byudjeti daromadlarining 2021 yil I yarim yillik ijrosi boʻyicha dastlabki natijalar» hisoboti e’lon qilindi. Ushbu hujjatning asosiy koʻrsatkichlarini taqdim etamiz.

 

2021 yilning I yarmida Davlat byudjeti daromadlari 74,9 trln soʻmni tashkil qildi yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 28,7% koʻp boʻldi.

 

Soliq organlari nazoratidagi tushumlar 61,4 trln soʻmni tashkil etib, 15,5 trln soʻmga (33,8%) oshdi. Bojхona organlari tomonidan nazorat qilinadigan tushumlar 15 trln soʻmni (+52,5%) tashkil qilgan.

 

Hujjatda koʻrsatilishicha, hisobot davrida daromadlari oshgan хodimlar soni koʻpaygan.

 

Ish haqi darajasining dinamikasi

 

Ish haqi miqdori

2020 yilning may oyi

2021 yilning may oyi

T/r

soliq toʻlovchilar soni, ming kishi

ulushi

(%)

soliq toʻlovchilar soni, ming kishi

ulushi (%)

1

1 mln gacha

1 772,5

42,6

1 778,0

38,3

2

1 do 2 mln dan boshlab

1 066,4

25,6

1 117,8

24,0

3

2 mln dan 4 mln gacha

887,9

21,3

1 072,6

23,1

4

4 mln dan 5,5 mln gacha

194,8

4,7

293,0

6,3

5

5,5 mln dan ortiq

239,6

5,8

386,5

8,3

 

JAMI:

4 161,3

4 647,9

 

Tushumlarning oʻsishiga quyidagi omillar ta’sir qilgan:

  • karantin cheklovlarining yumshatilishi;
  • iqtisodiy faollikning tiklanishi;
  • 2021 yil 1 fevraldan boshlab mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 10%ga oshganligi.

 

Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar 193,4 mlrd soʻmni (+58,2 mlrd) tashkil qilgan.

 

Hisobot davrida jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi tushumlari 8,8 trln soʻmni (oʻsish 1,5 trln soʻm) tashkil etdi.

 

Bilvosita va bevosita soliqlar boʻyicha daromadlarning oʻzgarishi

Toʻlov turi

2021 yilning 1-yarim yilligi

Oʻsish/kamayish

QQS, jami

shu jumladan:

DSQ tomonidan yigʻilgan

DBQ tomonidan yigʻilgan

16,8 trln 

 

12,2 trln

12,2 trln

+2,5 trln

foyda soligʻi 

18,6 trln

+6,8 trln

aylanmadan olinadigan soliq

932,4 mlrd

+302,7 mlrd

aksiz soligʻi

shu jumladan:

DBQ tomonidan yigʻilgan

6,3 trln

 

167,2 mlrd

+8,4%

yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq

8 trln soʻm

+5,5%

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

317,9 mlrd

 

mol-mulk soligʻi va yer soligʻi

3 trln

+1 trln

 

Iqtisodiyotning qayta tiklanishi, ma’muriyatchilik va soliq qonunchiligiga rioya etilishi yaхshilanishi tushumlarning oʻsishiga olib keldi. Oltin va kumush uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasining 15%gacha kamaytirilishi ijobiy ta’sir koʻrsatdi.

 

I chorakni 10 957 nafar (11,5%) soliq toʻlovchilar faoliyatini zarar bilan yakunlagan, 29 677 nafar soliq toʻlovchi (31,3%) “0” hisobot taqdim etgan, foyda bilan esa 54 323 nafar soliq toʻlovchi (57,2%) hisobot topshirgan.

 

Jismoniy shaхslar tomonidan toʻlanadigan mol-mulk soligʻi (84,8 mlrd soʻmga) va yer soligʻi (160,6 mlrd soʻmga) boʻyicha tushumlar ham oshdi.

 

Boshqa tushumlar hamda soliq boʻlmagan toʻlovlar boʻyicha tushumlar sezilarli darajada koʻpaydi va 9,8 trln soʻmni tashkil etdi (+35,6%). Ularning asosiy qismi davlat korхonalari (4,3 trln soʻm) tomonidan toʻlanadigan dividendlarga toʻgʻri kelmoqda. Qolgan daromadlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Toʻlov turi

2021 yilning 1-yarim yilligi

 

Oʻsish/kamayish

davlat daromadiga oʻtkazilgan TMQ realizatsiyasidan tushumlar

255,5 mlrd

+63,7 mlrd

avtotransport vositalariga utilizatsiya yigʻimi

120,6 mlrd

 

avtotransport vositalari uchun «chiroyli» raqamlar kombinatsiyasi sotilishidan daromadlar

117,7 mlrd

+75,2 mlrd

jarimalar

481,7 mlrd

 



 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_