Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Goʻdakni qanday oziqlantirish – qonunda belgilangan

14.10.2019

Rus tilida oʻqish

23-yalpi majlisda 11 oktyabr juma kuni senatorlar “Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar toʻgʻrisida”gi Qonunni ma’qullashdi.

 

Senatorlar ilgari qonun loyihasini 21-yalpi majlisda koʻrib chiqishgan edi, biroq uni qaytarishgan. Hujjatning yangi matni va uning nomida ekspertlar tomonidan bildirilgan barcha fikr-mulohazalar inobatga olingan.

 

Qonunda batafsil tayanch tushunchalar kiritilmoqda. Ularda goʻdak, goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlari, kichik yoshdagi bolalar, ona sutining oʻrnini bosuvchi mahsulotlar, sun’iy oziqlantirish, shuningdek qoʻshimcha ovqat mahsulotlari kabi tushunchalar ochib berilmoqda. Homilador ayollar, emizikli onalar, goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarning ona suti bilan oziqlantirishga boʻlgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kabi mazkur sohadagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilanmoqda.

 

Vazirlar Mahkamasi va  Sogʻliqni saqlash vazirligi ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi.

 

Qonunda aniq belgilab qoʻyilmoqda - goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan, qayta ishlangan mahsulotdan olingan хomashyoni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi. Sanitariya qoidalari hamda normalariga muvofiq boʻlmagan bunday oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, yoʻq qilish yoki ulardan oziq-ovqat ehtiyojlaridan boshqa ehtiyojlar uchun foydalanish usullari va shartlari mustahkamlanmoqda.