Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi

Har qanday kompaniyaning katta siri

16.02.2016

Qonuniy asoslarga ega boʻlmay tadbirkorlik sub’yektlarining hisobvaraqlarida pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotni talab qilib olishga jinoiy javobgarlik kiritilgan. Bu haqda – 20.08.2015 yildagi OʻRQ-391-son Qonun bilan Jinoyat kodeksiga (JK) kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi materiallar sikli davomida.

 

JK 1928-modda bilan toʻldirildi, unga asosan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda tadbirkorlik sub’yektlarining hisobvaraqlarida pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotni talab qilib olishga jinoiy javobgarlik kiritilgan.

 

Jinoyat sub’yektlari. Bu moddada bu boʻyicha javobgarlikka faqat davlat organlarining vijdonsiz mansabdor shaxslari va xizmatchilari tortilishi bevosita koʻrsatilmayotir.  Biroq, koʻrib chiqilayotgan moddada foydalanilayotgan “talab qilib olish” atamasining ma’nosiga koʻra aniqki, shunga oʻxshash harakatlar faqat davlat organining hokimiyat-boshqaruv yoki nazorat vakolatlari berilgan mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan sodir etiladi. Bunday vakolatlar berilmagan jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan banklarga yoki boshqa kredit tashkilotlariga shunga oʻxshash ma’lumotlarni taqdim etishni iltimos qilib murojaat qilishlari, hatto qonunga binoan ular uni olishga haqli boʻlmagan hollarda ham javobgarlikka olib kelmaydi. Shu bilan birga bunday ma’lumotlarni olishga vakolati yoʻq shaxslarga bank sirini oshkor qilgan banklarning mansabdor shaxslari  Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 46-moddasiga muvofiq  javobgarlikka tortiladilar, unga koʻra 2 dan 5 EKIHgacha jarima koʻrinishida jazo koʻzda tutilgan.

 

Jinoiy qilmish  bankka yoki boshqa kredit tashkilotiga u yoki bu tadbirkorlik sub’yekti hisobvaraqlarida mablagʻlarning mavjudligi toʻgʻrisidagi talabni (soʻrovni) yuborishda namoyon boʻladi, bunda qonunchilik mazkur aniq holatda mansabdor shaxs yoki xizmatchiga bunday talabni yuborish huquqini bevosita bermaydi. Bunda, tadbirkorlik sub’yektlarining hisobvaraqlaridagi mablagʻlar toʻgʻrisidagi axborot bank siri turlaridan biri ekanligini hisobga olib, uni taqdim qilish “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonun bilan tartibga solinadi.

Bunday jinoyat uchun jazoning eng koʻp miqdori – 3 yil axloq tuzatish ishlari. Aybdorni faqat u oldin1 shunday harakatlar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan taqdirdagina  jinoiy javobgarlikka tortish mumkin.

Ma’lumot uchun: “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan tadbirkorlik sub’yektlarining hisobvaraqlarida mablagʻ mavjudligi toʻgʻrisidagi axborot quyidagi davlat organlariga taqdim qilinishi mumkin:

 

Oʻzbekiston Hisob palatasiga – uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun;


prokuratura, tergov va surishtiruv organlariga – qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi mavjud boʻlgan taqdirda, yetkazilgan zarar undirib olinishini yoki uning mol-mulki xatlanishini ta’minlash maqsadida tergovchi yoxud surishtiruvchining asoslantirilgan qaroriga binoan prokuror sanksiyasi bilan taqdim etiladi;

 

sudga – uning yozma soʻrovi asosida, mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan sudning ish yurituvidagi ishlar boʻyicha;

 

sud ijrochisiga – uning yozma soʻrovi asosida, sudning undiruvni mazkur bank mijozining (vakilining) mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori boʻlgan taqdirda;

 

davlat soliq xizmati organlariga – bank mijoziga (vakiliga) soliq solish masalalariga taalluqli hollarda;

 

Bosh prokuratura huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentiga – Vazirlar Mahkamasining 12.10.2009 yildagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotni berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda koʻzda tutilgan tartibda.

 

 

Samir LATIPOV,

ekspertimiz.

 

Mavzuga doir materiallar:

 

Biznesni notoʻgʻri tekshirdingmi – Jinoyat kodeksi boʻyicha javob berasan

 

Litsenziyalash qoidalarini buzish jinoiy jazolanadi

 

_____________________________________________________

1 MJtKning  2455-moddasida shunga oʻxshash huquqbuzarlik uchun koʻzda tutilgan ma’muriy jarima miqdori 10–20 EKIHni tashkil qiladi.