Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xodim uchun sinov muddatini uzaytirish mumkinmi

21.10.2020

Rus tilida oʻqish

Xodim bilan 1 oy dastlabki sinov muddati bilan mehnat shartnomasi tuzildi. Uning tugashidan 2 kun oldin rahbar sinov muddatini yana 2 haftaga uzaytirishni istab qoldi, sababi yangi хodim ishga qabul qilingan paytdan boshlab hali “oʻzini hech ham koʻrsatolmadi”. Ish beruvchi ilgari kelishib olingan sinov muddatini uzaytirishga haqlimi?

 

Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan   “Norma”ning mehnat huquqi boʻyicha eksperti Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

- Mehnat shartnomasiga dastlabki sinov toʻgʻrisidagi shartni kiritish – bu ish beruvchining huquqi. Mehnat shartnomasida sinov muddati toʻgʻrisidagi shart quyidagi imkoniyatlarni beradi:

1) хodim oʻziga topshirilgan ishni qanday uddalashi va qanday natijalarni koʻrsatishini tekshirish;

2) natija qoniqarsiz boʻlganda, soddalashtirilgan tartibda, sinov muddati tugagunga qadar хodimni 3 kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, uni ishdan boʻshatish.

 

Agar muddat tugagunga qadar taraflar ishdan boʻshatishni bayon qilmagan boʻlsa, хodim sinovdan oʻtgan hisoblanadi va bundan keyin u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini faqat umumiy asoslarda bekor qilish mumkin boʻladi.

 

Shuni e’tiborga olingki, хodim sinov muddati tugashidan 3 kun oldin oʻz qarori haqida ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirgan holda MKning 87-moddasi 1-qismiga binoan mehnat shartnomasini bekor qilishga ham haqli. Bunda u buni sabablarini koʻrsatmagan holda amalga oshirishi, ish beruvchi esa – sinov natijasi qoniqarsiz boʻlgandagina amalga oshirishi mumkin.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_