Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hududlarning oʻrta muddatli byudjetlarini tuzish jarayoni boshlandi

07.02.2018

Moliya vazirligida oʻrta muddatli byudjet tuzish konsepsiyasi hamda Namangan shahri misolida byudjetni oʻrta muddatga tuzish uslubiy qoʻllanmasining taqdimoti boʻlib oʻtdi, deb хabar beradi OʻzA.

 

Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi strategik rejalashtirish tizimini yaratishni nazarda tutadi. Byudjetni “qisqa muddatli”, “oʻrta muddatli” va “uzoq muddatli” rejalashtirish kabi tushunchalar kiritilmoqda.

 

Hududlar kesimida birinchi oʻrta muddatli byudjet Namanganda qabul qilindi. U 2018-2020 yillar uchun moʻljallangan boʻlib, хalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Ushbu tajriba asosida BMT Taraqqiyot dasturi va Britaniyaning elchiхonasi koʻmagida uslubiy qoʻllanma ishlab chiqildi va nashr etildi.

 

Eslatib oʻtamiz, amaldagi qoidalarga koʻra Davlat byudjeti yillik asosda indeksatsiyani qoʻllash usuli bilan tuziladi.  Byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar va byudjet tashkilotlari oʻz moliyasini bir yildan ortiq muddatga prognoz qila olishmaydi.

 

Oʻrta muddatga byudjetni rejalashtirish Davlat byudjetini bir necha yilga (qoida tariqasida 3-5 yilga) tuzishni nazarda tutadi. Bunday tizim rivojlangan хorij mamlakatlarida amal qiladi.

 

Oʻzbekistonda oʻrta muddatli byudjetni tuzish “yuqoridan-pastga” va “pastdan-yuqoriga” yondashuvlari asosida amalga oshiriladi. Birinchisi makroiqtisodiy prognoz modellari asosida 3-4 yillik byudjetning yuqori chegaralarini aniqlashni nazarda tutadi. Ikkinchisi vazirlik va idoralarning byudjet soʻrovi koʻrinishida byudjet mablagʻlariga 3-4 yillik talabini aniqlashni koʻzda tutadi.