Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash” (8-son MBMS) Mulkni baholash milliy standarti qayta koʻrib chiqilishi toʻgʻrisida e’lon qildi
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash tartibi oʻzgaradi
Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash tartibi oʻzgaradi
07.07.2016

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi Baholash tashkilotlari uyushmasi, Oʻzbekiston baholovchilar jamiyati, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash” (8-son MBMS) Mulkni baholash milliy standarti qayta koʻrib chiqilishi toʻgʻrisida e’lon qildi. Tashabbus davlat aktivlari qiymatini baholash meхanizmini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
Manfaatdor tashkilotlar tomonidan amaldagi normalarning tahlili oʻtkazilib, Milliy standartga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlandi. Ular taklif va mulohazalar bildirilishi uchun Davlat raqobat qoʻmitasi saytida umumiy muhokama uchun joylashtirilgan.
Standartga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar matni bilan tanishish uchun havola boʻyicha oʻtish zarur.
Hujjatning ushbu loyihasi boʻyicha taklif va mulohazalar mavjud boʻlgan taqdirda ularni yozma shaklda Davlat raqobat qoʻmitasining manzili yoki elektron pochtasiga license@umail.uz yuborish mumkin.
Mavzu boʻyicha materiallar:
AJlariga yordam sifatida 5 namunaviy nizom ishlab chiqildi
Uy-joy fondini хususiylashtirish tartibiga tuzatishlar kiritildi
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 12 may№ 19
- Turizm sohasida loyiha boshqaruvi joriy etilmoqda
- 2026 yilda ta’til toʻlovlari va foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya qanday hisoblanadi
- Chet ellik turistlarga sotilgan turlarni soliq hisobotlarida aks ettirish
- KKU boshqaruv sohasi toʻliq raqamlashtiriladi
- Nazorat-kassa teхnikasini nazorat-kassa teхnikasini kim qoʻllashi kerak


