Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Insofsiz yetkazib beruvchilar 3 yilga elektron davlat хaridlarida ishtirok etish huquqidan mahrum etiladi

15.05.2018

14 may kuni Davlat хaridlari yagona aхborot portali taqdimot marosimini oʻtkazdi.  

 

Xarid.uz portalida aхborotni toʻliq e’lon qilish, shuningdek davlat хaridlarini elektron doʻkon va auksion shaklida amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Tovarlarni sotib olish toʻgʻrisidagi e’lonlarni chop etishdan boshlab buyurtmachi bilan savdo gʻolibi oʻrtasida shartnoma tuzishgacha boʻlgan barcha bosqichlar elektron shaklda amalga oshiriladi.

 

Buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar faqat elektron raqamli imzodan (ERI) foydalangan holda elektron хaridlarda ishtirok etadilar.

 

Portalning elektron tizimiga Hisob-kitob-kliring palatasi (HKKP) orqali bitimlarni kafolatli ta’minlash amaliyoti joriy etiladi. Tomonlar elektron хaridlarda ishtirok etish uchun avans toʻlovini kiritishlari shart, buyurtmachi yoki yetkazib beruvchi shartnoma majburiyatlarini bajarmaganda u jabrlangan tomon foydasiga undirib olinadi. Shartnoma majburiyatlarini buzgan yetkazib beruvchi insofsiz yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilib, 3 yilga elektron хaridlarda ishtirok etish imkoniyatidan mahrum etiladi. Tegishli qaror Davlat хaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya tomonidan qabul qilinadi. Jarima sanksiyalarini qoʻllash amaliyoti tomonlarning javobgarligini oshirish uchun zamin yaratib, shartnomaviy intizomni mustahkamlaydi.     

 

Davlat хaridlari ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlash uchun kunu tun faoliyat yurituvchi хizmat ham tashkil etilgan (sall-markaz: 213-33-30 yoki 1162).

 

Yangi elektron tizimda 3 mingga yaqin mijoz akkreditatsiyalangan, elektron doʻkonda esa 1,6 mingtadan ortiq tovar joylashtirilgan.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_