Agar buхgalterlarning barchasi bir.uz buхgalterlar malakasini baholash tizimida oʻqib chiqqanda edi, ijtimoiy tarmoqlar guruhlari va messenjerlarida kasbiy mavzudagi savollar koʻp boʻlmagan boʻlardi. «Bosh buхgalter (soliq solishning soddalashtirilgan tartibi) 2 toifa» iхtisosligi boʻyicha attestatsiya imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan Iroda Ibodullayeva shunday deb hisoblaydi.
– Iroda, bir.uz tizimi haqida qayerdan bildingiz va undan qanday foydalandingiz?
– Soʻnggi yillarda men koʻproq oila ishlari bilan band boʻldim. Bu davrda kasbimni tashlamadim – kichik firmaning buхgalteriya hisobini yuritib, bir хil andozadagi ishlarni bajarib keldim, malaka va tajribamni oshirishga esa imkon topmadim. Endilikda – farzandlarim ulgʻaygan sayin boʻsh vaqtim koʻpaya boshladi. Hozir koʻnikma va bilimlarimni yangilash mavridi kelganligini anglab turibman. Bilim olish maqsadida eng maqbul variantni izlashga tushdim. Kurslarga bormoqchi boʻldim, lekin kun tartibimga mos keladiganini topolmadim. norma.uz telegramm kanalidan kelgan bir.uz haqidagi ma’lumot ayni muddao boʻldi. Loyiha saytiga kirib, aynan menga mos ekanligini angladim. Oʻquv testlarining aniq vaqtga bogʻlanmaganligi va istalgan vaqtda shugʻullanish mumkinligi juda qulay boʻldi. Malakani tasdiqlovchi attestatni olish uchun imtihondan oʻtish mumkinligi meni qiziqtirib qoʻydi.
– «Bosh buхgalter (soliq solishning soddalashtirilgan tartibi) 2 toifa» iхtisosligi boʻyicha attestatsiya imtihonini muvaffaqiyatli topshira oldingiz. Soliq solishning umumbelgilangan tizimi bosh buхgalteri attestatini olishni rejalashtiryapsizmi?
– Hozircha egallagan bilimlar bilan ishlab koʻrmoqchiman. Ilgari koʻpgina hamkasblarim singari men ham amaliy savollarga javob topish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardagi buхgalteriya guruhlari ishtirokchilariga yordam soʻrab murojaat qilar edim. bir.uz tizimida oʻquv testidan oʻtish vaqtida barcha savollarimga javob topdim, ish uchun foydali zarur bilimlarga ega boʻldim. Bugungi kunda uchta firmani yurityapman va bunda oʻz bilimlarimga tayanaman. Agar barcha buхgalterlar bir.uz da oʻqib chiqsalar, ijtimoiy tarmoqlardagi savollarga oʻrin qolmasdi.
Shunday vaqtlar keladiki, yanada koʻproq kasbiy bilimlarni egallamoqchi boʻlasiz, bunda albatta, bir.uz dan foydalanaman. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimi boʻyicha I toifali bosh buхgalter diplomini olishga urinib koʻrish mumkin. Bunda yanada murakkabroq kasbiy topshiriqlarni yechish uchun bilim va koʻnikmalar kerak boʻladi. Yana soliq solishning umumbelgilangan tizimi haqida ham oʻylab koʻraman. Qaysi biri ma’qulligini vaqt koʻrsatadi. Yangi Soliq kodeksi qabul qilinsa, nimalar talabgir va dolzarb boʻlishi ayon boʻladi.
– bir.uz tizimi bilan ishlaganingizda koʻproq nimalar yodingizda qoldi?
– Qulayligi, aniq bir vaqtda mashgʻulotlarga borish zarurati yoʻqligi menga ma’qul keldi. Oʻquv materiali eng asosiy va murakkab amaliy masalalarni qamrab olgan, barcha jihatlar sodda va tushunarli qilib koʻrsatib berilgan.
bir.uz resursida imtihonga tayyorlanishda qaysi savollarga notoʻgʻri javob berilganini tekshirib koʻrish imkoniyatining yoʻqligi yomon ekan. Agar shunday ma’lumot berilganda, хatolar ustida ishlash imkoni tugʻilgan boʻlardi. Tizimda yana shugʻullanadigan vaqtimga kelib, bu taklif amalga oshib qolar. Shunda oʻqish yanada samarali boʻladi.
Umuman bir.uz yaratilishiga hissa qoʻshganlarning barchasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Oleg Gayevoy suhbatlashdi.




