Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ish beruvchi хodimni ishga tiklashga rozi boʻlmaganda

06.11.2020

Rus tilida oʻqish

Mehnat shartnomasi bekor qilinishiga rozi boʻlmagan хodim sudga murojaat qildi. Sud ishdan boʻshatish holatini noqonuniy deb topib, хodimni avvalgi ishiga tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Ushbu qarordan norozi boʻlgan ish beruvchi nima qilishi lozim?

 

Buxgalter.uz iltimosiga koʻra mazkur holatda qanday toʻgʻri harakat qilish haqida «Norma» kompaniyasining mehnat huquqi boʻyicha eksperti Lenara XIKMATOVA soʻzlab berdi:

 

– Sudning qarori 20 kundan keyin kuchga kirishiga qaramay (hech kim shikoyat qilmaganda va protest keltirmaganda), ish beruvchi tomonidan qaror darhol ijro etilishi lozim.

 

Shu tariqa, ish beruvchi sudning qaroriga rozi yoki undan norozi ekanligidan qat’i nazar, u хodimni avvalgi ishiga tiklashi shart. Bu u birinchi qiladigan ishdir.

 

Ikkinchi navbatda, u sudning qarori asosli va adolatli ekanligini tekshirish toʻgʻrisidagi shikoyat (ariza) bilan murojaat qilishi mumkin. Bunday tekshiruv apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat shikoyati yoхud yangi ochilgan holatlar boʻyicha qarorni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha qoʻzgʻatilishi mumkin.


Apellyatsiya shikoyati

 

Apellyatsiya (namunaga qarang) hali qonuniy kuchga kirmagan sudning qarori ustidan beriladi. Ish beruvchi sudning qarori chiqarilgan kundan boshlab 20 kun mobaynida shikoyat qilishi mumkin.

 

Fuqarolik ishlari boʻyicha tegishli tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasining fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha sudining qarorlari ustidan apellyatsiya shikoyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi hamda viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha sudlari tomonidan koʻrib chiqiladi.

 

Masalan, ish Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo fuqarolik ishlari boʻyicha sudida koʻrilganda, apellyatsiya shikoyati Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_