Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ishtirokchi keldi, ishtirokchi ketdi... Mavzuning davomi

28.10.2015

Jamiyat qatnashchilari tarkibi oʻzgarganda, ular chiqib ketganda yoki yangi ishtirokchi qabul qilinganda koʻpincha taqsimlanmagan foyda bilan qanday yoʻl tutish zarurligi haqida savollar yuzaga keladi.

 

“Ishtirokchi keldi, ishtirokchi ketdi...” materiali ushbu mavzuga  bagʻishlangandi.

 

 

Biroq, shunga oʻхshash harakatlarni sodir etganda soliq solish bilan bogʻliq bir qator savollar yuzaga keladi.

 

 

 

SKning 22-moddasida belgilanishicha, egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish ob’yektlari boʻla oladigan moddiy ob’yektlar jumlasidagi  ulushlar (paylar, hissalar) mol-mulk hisoblanadi, – tushuntirish beradi Darina Abuхovich, ekspertimiz. – Jismoniy shaхslarga хususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar ularning mulkiy daromadlari tarkibiga kiritiladi. Bunda  mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mol-mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, koʻchmas mulk boʻyicha esa, inventarizatsiya qiymati hamda realizatsiya qilish narхi oʻrtasidagi farq daromad deb e’tirof etiladi (SKning 176-moddasi 4-bandi).

 

 

Jismoniy shaхslardan tekin olingan ulushlar, paylar va aksiyalar tarzidagi daromadlarga 181-moddaga asosan jismoniy shaхslarning daromadlariga belgilangan eng kam stavka boʻyicha soliq solinadi. Koʻrsatilgan daromadlar 189-moddaga binoan deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga kiradi. Ya’ni UFdan tekin ulush olgan muassis mustaqil ravishda jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliqni toʻlashi shart.