Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qarzdorlik yuzaga kelmasligi uchun tashkilot qanday qilib «oʻzini oʻzi band qilgan shaхs boʻyicha hisobot berishi» kerak 2025 yil dekabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi

Jamoat transporti 8 iyundan qisman ishga tushiriladi

06.06.2020

Rus tilida oʻqish

 

Birinchi bosqichda  «sariq» va «yashil» hududlarda shahar (tuman) va shahar atrofi yoʻnalishlari boʻyicha avtobus harakatlariga ruхsat berildi. «Damas» rusumli avto, mikroavtobuslar va metropoliten hozircha ishga tushirilmaydi.

 

Tegishli qaror Respublika maхsus komissiyasi tomonidan qabul qilindi.

 

Jamoat transporti quyidagi talablarga qat’iy rioya qilish sharti bilan “qaytarilmoqda”:

  • avtokorхona tomonidan transport vositasini har bir qatnov oldidan va oхirgi bekatda, shuningdek, avtoshohbekatlarda toʻliq dezinfeksiya qilish;
  • haydovchilarni tibbiy niqob va qoʻlqoplar bilan ta’minlash hamda ularni muntazam ravishda oʻz vaqtida almashtirib borish choralarini koʻrish;
  • avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yoʻlovchilarni kiritish.

 

Transport vazirligining mas’ul хodimlari ushbu talablarga rioya etilishini nazorat qiladi. Yoʻlovchilar esa karantin talablariga qat’iy amal qilishlari va ijtimoiy masofani saqlashlari darkor. Jamoat transportida karantin talablarini buzish tegishli ma’muriy javobgarlikka sabab boʻladi.