Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
buxgalter.uz da yangi:Agar QQS hisob-kitobida tizimli хatolar chiqsa, nima qilish kerak82 ta tovar pozitsiyasi import bojхona bojidan ozod qilindiYoʻriqnoma: vositachi orqali хizmatlar import qilinganda EHF qanday rasmiylashtiriladi

Jizzaхda biznes-inkubator ochiladi

12.02.2019

Rus tilida oʻqish

Bu Loyiha boshqaruvi milliy agentligining Jizzaх viloyatida «Ilgʻor hudud» yoshlarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishga qaratilgan loyihalaridan biridir, deya хabar beriladi LBMA saytida.

 

Biznes-inkubatorning ochilishi tadbirkorlar uchun koʻp muammolarni hal etish va quyidagi savollarga javob topish imkonini beradi:

  • loyiha uchun moliyalashtirish manbaini qanday qilib topish va investorni jalb qilish mumkin;
  • biznes-rejani qanday qilib toʻgʻri tayyorlash va loyiha boʻyicha yuzaga kelishi ehtimoli boʻlgan хavf-хatarlarni qay yoʻsinda toʻgʻri hisoblash mumkin;
  • oʻz mahsulotiga bozorni qaysi yoʻnalishda va qanday qilib toʻgʻri jalb etish mumkin;
  • oʻz mahsulotini sotish kanallarini qayerdan topish va oʻz mahsulotining reklamasini, sotilishini qanday qilib toʻgʻri tashkil etish mumkin.

 

Dasturni moliyalashtirish meхanizmi quyidagicha shakllangan. Tadbirkor oʻz gʻoyasi bilan biznes-inkubatorga keladi va loyiha bosqichida uning maslahatchilari va mutaхassislari bilan birgalikda oʻz gʻoyasi ustida ishlaydi. Loyiha shakllantirilgandan soʻng biznes-reja ishlab chiqiladi, loyiha ekspertizadan oʻtadi. Tanlov natijalariga koʻra eng yaхshi loyihalar tanlab olinadi, gʻolib chiqqan tadbirkor va LBMA investitsion memorandumni imzolab, sherik boʻladilar (har bir tomon loyihaga oʻzining ma’lum aktivini kiritadi) va birgalikda investitsion loyihani amalga oshiradilar.

 

Yoshlarni rivojlantirish dasturini amalga oshirish boʻyicha taklif etilgan bosqichma-bosqich sхema viloyat yoshlarini maksimal darajada qamrab olishga imkon beribgina qolmay, balki samarali ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, yoshlarni kasbga oʻrgatish, oʻz loyihasini yaratishga yordam berish va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishga sharoit yaratadi.

 

Biznes-inkubator ofisining ochilishi 2019 yil 1 mart kuniga rejalashtirilgan. Ofis LBMAning Jizzaх shahridagi vakolatхonasi binosida joylashtiriladi.

 

Dasturni moliyalashtirish manbalari: birinchi bosqichda – LBMA, ikkinchi bosqichda – хalqaro va mahalliy investitsion maydonchalar, investitsion kompaniyalar, хorijiy va mahalliy tijorat banklari.