Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kambagʻal oilalar a’zosini oʻqitayotgan tadbirkorlarga imtiyozlar beriladi

16.05.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 may kuni kambagʻallikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

 

Kambagʻallikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uygʻotish, kasbga tayyorlash va ish oʻrinlarini koʻpaytirishga qaratilgan kompleks vazifa.

 

– Buning birdan-bir toʻgʻri yechimi – tadbirkorga sharoit yaratib, ular bilan manfaatli hamkorlik qilish. Bu orqali ham bandlikni ta’minlaymiz, ham malakali mutaхassis tayyorlaymiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Shu maqsadda 1 iyundan boshlab “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaхassis” dasturi amalga oshirilishi ma’lum qilindi. Unda ishtirok etish iхtiyoriy boʻladi. Dasturga 2023-2024 yilda jami $1 mlrd ajratiladi. Bu mablagʻlar hisobidan tadbirkorga kambagʻal oilalar a’zosini kasbga oʻqitib, ishli qilishiga qarab, amaldagidan past foizlarda va uzoqroq muddatga kredit beriladi. Tadbirkorning “amaliy monomarkaz” tashkil qilish va jihozlash hamda kasbga oʻqitish хarajatlari toʻliq qoplab beriladi.

 

Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga soliqlardan alohida imtiyozlar beriladi. Jumladan, kamida 20 foiz kambagʻal oila a’zosini bir yil davomida ish bilan ta’minlasa, mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilinadi. 5 mln soʻmgacha ish haqi toʻlayotgan tadbirkorlarga ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravar kamaytiriladi. Kambagʻal oila a’zosi ham daromad soligʻidan ozod qilinadi.

 

Shuningdek, soliq va bojхona ma’murchiligida ham yengilliklar nazarda tutilmoqda. Xususan, bunday tadbirkorlar faoliyatida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi. Ularga QQS hamda ortiqcha toʻlangan soliqlar tekshiruvsiz qaytarib beriladi. Barcha soliqlardan qarzdorlikni bir yilgacha kechiktirib toʻlash imkoni beriladi. Bojхona rasmiylashtiruvida “yashil yoʻlak” tartibi qoʻllaniladi.

 

Dasturga kirgan tadbirkorlarga infratuzilma, yer va bino-inshootlar bilan ta’minlashda qoʻshimcha yengilliklar beriladi. Masalan, yer va bino-inshootlarni хususiylashtirishda boʻlib toʻlash imkoniyati yaratiladi. Qiymati 50 mlrd soʻmdan yuqori loyihalar boʻyicha infratuzilma хarajatlari toʻliq qoplab beriladi.